So’nggi yangiliklar

11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  2 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  4 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8

Bugun "Lokomotiv" - "Paxtakor"! Imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Bugun "Lokomotiv" - "Paxtakor"! Imkoniyatlar qanday?

Bor yo'g'i etti ming so'mga Toshkent derbisini tomosha qilish imkoniyatini qo'ldan chiqarmang. Hisobni bilib olgach TVdan o'yinni ko'rish qiziq bo'lmaydi.
U davrlar ortda qoldi, ikki kun keyin ham hisobni bilmasdan ko'raversak. Bugun chempionlik poygasidagi asosiy raqobatdoshlar o'rtasidagi oyning markaziy o'yini TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi.

ABRAMOV va BABAYAN
Bu ikki murabbiy azaldan raqobatchilikni joyiga qo'yib kelganlar. To'g'ri, "Traktor" davrida Samvel Babayan "Paxtakor"da menejer edi xolos, ammo hamma yaxshi biladi Babayan aksar hollarda jamoani o'zi boshqargan. Babayandan farqli ravishda Abramovning qo'li "kalta" bo'lgan, yani o'rtamiyona "Traktor"dan ko'p narsani kutib bo'lmasdi. Bugun esa imkoniyatlar tenglashgan.

Alibaev va Sohibov
Mavsum kashfiyotlari. 2014 yil Rashidov - Iskanderov qarama-qarshiligini ko'rdik, bu yil poytaxtliklar bizga yangi ikki nafar kelajak avlod futbolchilarini taqdim etishyapti. Ulardan biri "Lokomotiv" azosi - Ikrom Alibaev bo'lsa, ikkinchisi "sherlar" safidagi Javohir Sohibov. Biri tayanch yarim himoyachisi, ikkinchisi markaziy yarim himoyachi. Bugun omad kimga kulib boqishidan qatiy nazar, bu ikki futbolchilardan kelajakda umidimiz katta. Selekciyani sustligi tufayligina ular olimpiya terma jamoasidan joy ololmagan edilar.

Abduxoliqov va Sergeev

"Bunyodkor" keyin "Paxtakor" mana bugun "Lokomotiv" safida harakat qilayotgan Temurxo'ja Abduxoliqov va turdan-turga ochilib borayotgan Igor Sergeev to'qnashuvi. Bu ikki futbolchidan qay biri bugun o'z ismini tabloga yozdira oladi. Temurxo'ja dribling bilan maqtana oladi, Sergeev esa hujumchi uchun eng kerakli bo'lgan jihat, joy tanlashga usta. "Lokomotiv"da Marat Bikmaevni ham borligini unutmasligimiz lozim.

To'xtaxo'jaev - Krimec
Jamoa sardorlari. Ikkisi ham himoyachi, ikkisi ham markazda harakat qiladi, ikkisi ham jarima zarbalarini maromiga etkazib bajaradi, ikkisi ham bosh bilan yaxshi o'ynaydi. Bu ikki futbolchini o'xshash jihatlari talaygina.

Lokomotiv (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent)
27 aprel 2015. Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 17:00
Hakamlar:
R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, A.Risqullaev.
Nazoratchi: A.Xotamov.
Imkoniyatlar: 50:50%
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика