So’nggi yangiliklar

17:22Тимур Кападзе: "Сречко Катанецга соғлиқ тилаймиз. Ўйлайманки, ассистентлар бу вазиятдан чиқиб кетади"  2 16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   10 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  13 14:14Аббос Файзуллаев РПЛ 11-тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  5 13:32Учинчи марта: Сречко Катанец Эрон ва БААга қарши ўйинларда Ўзбекистон термасига ёрдам беролмайди  92 13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  1 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   9

Bugun Italiyada Milan derbisi. Buyuk qarama-qarshilik tarixi (Prevyu) Yangiliklar

Bugun Italiyada Milan derbisi. Buyuk qarama-qarshilik tarixi (Prevyu)

Teglar :  MilanInter
Bugun Italiya A Seriyasining 27-turida qoldirilgan tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

SHak-shubhasiz kunning muhim bahslaridan biri - Milan derbisidir. Bu bahs orqali ECHLning ikki o'yinini qarshi olamiz.

"Milan" - "Inter"
CHorshanba, 4 aprel, 21:30. Milan, "San Siro".
Bosh hakam -
 Marko Di Bello.

Aslida ushbu bahs 4 mart kuni o'tkazilishi kerak edi. Biroq o'shanda "Fiorentina" sardori Davide Astorining vafoti sababli boshqa kunga qoldirilgandi.

Bu uchrashuv Rim yoki Turin derbilari kabi ashaddiy dushmanlik kayfiyatida emas, A Seriyaning markaziy uchrashuvi bo'ladi. "Inter"ning yaralishi esa nikohsiz ajralishga o'xshaydi. Bundan ancha vaqtlar oldin bu ikki klub bir maqsad yo'lida birlashgandi, biroq kelishmovchiliklar natijasida "Inter" vakillari jamoani tark etishgan. Afsonaga ko'ra, libosning qora-ko'k ranglari ommaviy janglardan qolgan ko'karish hamda shishlardan paydo bo'lgan ekan.

SHunday bo'lsa ham "Inter" va "Milan" muxlislari o'rtasida hech qanday dushmanlik "yo'q", ular bir-birlarini "tana toshlarini otlashmaydi". "Inter" ishqibozlari "milan"chilarni "casciavt" (Milan lahjasida "tarnov" degan manoni beradi) deb atashadi, bu esa ularni ijtimoiy kelib chiqishiga ko'ra, past nazar bilan qarashini anglatadi. O'z navbatida "Milan" muxlislari "Inter" tarafdorlariga "bauscia" (dum) deb laqab qo'yishgan. Albatta, hozirgi paytga kelib barchasi o'zgarib ketgan. Baribir o'ng tomondagi muxlislar "Inter"ga, chap tomondagilar esa "Milan"ni qo'llab-quvvatlamoqda.

"DellaMadonnina" nomi shaharning diqqatga sazovor joyidagi ananaviy derbi nomidan kelib chiqqan. Madonnaning haykali Duomo soborini bezab turibdi. 1955 yildan boshlab, ikki jamoa ham o'zlari uchun bir stadionni tanlashdi va ikki hil nomlab olishdi. "Inter" muxlislari bu o'yingohni "Juzeppe Meacca" deb nomlashadi. "Milan"ning muxlisidan buguni uy uchrashuvi qaerda bo'ladi deb so'rasangiz: - Albatta, "San Siro"da, deydi. "Milan" muxlislari "yon qo'shnilari"ni unchalik yoqtirishmaydi. Ularning raqiblaridan ko'ra ko'proq "ko'k-qoralar"ni haqoratlovchi qo'shiqlar kuylab yurishadi. "Inter"chilar esa bunga katta ahamiyat berishmaydi va o'zlarining asosiy raqibi sifatida Italiyaning eng sovrindor jamoasini "Yuventus" deb bilishadi. Bu klublar o'rtasidagi bahs Italiya derbisi deb ataladi va Appeninda eng ko'p muxlis yig'adigan uchrashuv maqomini oladi.

Qizig'i, tomonlar o'rtasidagi ilk bahs Milanda ham, Italiyada ham bo'lib o'tmagan. 1908 yili SHveycariya chegarasidagi CHiasso shahrida o'tkazilgan. Buni hamma ham bilmaydi, biroq tarix boshlangan uchrashuvda "qizil-qoralar" 2:1 hisobida g'alabaga erishgan. "Milan" ilk tashkil topgan yillarida "Inter"ga qaraganda biroz boyroq edi. Jamoani "Pirelli" o'z qo'liga olgan vaqtlarida jamoani shu nomsiz tasavvur qilib bo'lmay qolgandi. Bu ikki klub o'rtasida mana shunday murosasiz tarix bo'lgan.

"Rossoneri"lar shahardoshlaridan ko'ra 9 sovrin ko'proq yutishgan. Biroq "neradzurri"lar muxlislari bemalol g'ururlansa arziydi. Sababi, "Inter" Milan jamoalari ichida ilk marotaba Italiya chempioni bo'lgan. O'tgan asrning 80-yillarida vaziyat umuman boshqacha edi. O'shanda sovrin yutish borasida "Inter" "Milan"ni katta farq bilan ortda qoldirgandi. Berluskoni jamoani qo'liga olib, aqlli qarorlar chiqara boshlaganidan keyin barchasi o'zgarib ketdi. "Inter" 1989 yildan keyin A Seriyada 2006 yilga kelib, ilk marta chempionlikni rasmiylashtirdi.

Tomonlar rasmiy uchrashuvlarda 220 marta to'qnash kelgan. Bunda "Inter" kichik farq bilan oldinda bormoqda. "Ko'k-qoralar" 78 g'alabaga erishgan, "Milan"da bu natija 76ga teng. 66 bahsda g'olib aniqlanmagan. "Inter" raqibidan ko'ra ikkita ko'proq gol kiritgan: 299-297. Jamoalar bo'lajak bahsda 300-golni urish uchun qattiq ter to'kishadi. "DellaMadonina" derbilari to'purari Andrey SHevchenko hisoblanadi, uning hisobida 14 gol bor. Afsonaviy Juzeppe Meacca esa bitta gol kamroq kiritgan. "Inter" forvardi Mauro Ikardining hisobida esa 4 gol bor, shulardan uchtasini o'tgan bahsda kiritdi.

"Milan"ning eng yirik g'alabasi 2001 yilning 1 martida qo'lga kiritilgan, o'shanda "rossonerilar" raqiblari darvozasiga javobsiz 6 to'p kiritishgan. "Inter"ning yirik g'alabasi qo'lga kiritilganiga esa bir asrdan oshib ketdi. 1910 yilda "Inter" "Milan"ni 5:0 hisobi bilan dog'da qoldirgan. Derbidagi eng sermahsul bahsda ko'k-qoralar 6:5 hisobi bilan raqibni mag'lub etgan.

"Milan" ayni damda yaxshi holatda deb aytsak bshhladi. Klub ketma ket 13 bahsda yutqazmagandi. Biroq so'nggi 5 uchrashuvning 3tasida yutqazdi. Spaletti qo'l ostidagi "Inter" esa turnir jadvalida ancha quyilab ketdi, ular ayni damda 4-o'rinni egallab turishibdi.
Ammo derbidan hamma narsani kutsa bo'ladi. Hali barchasi oldinda.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика