Bugun futbol. "Surxon" - "Neftchi"
29 iyu 2022 13:24
Yangiliklar
Bugun futbol. "Surxon" - "Neftchi"
Olmaliq shahridagi Markaziy stadionda bo'lib o'tadigan "Surxon" - "Neftchi" uchrashuvi soat 19:00da boshlanadi.
Turnir jadvalida "Surxon" 12 ochko bilan 10-o'rinda boryapti. To'plar nisbati 11-15. "Neftchi" esa 10 ochko to'plagan holda 13-pog'onani egallab turibdi. To'plar nisbati 9-15.
Oxirgi uch o'yindan ikkitasida g'alaba qozongan "Surxon"ning kayfiyati joyida. Anxel Lopes shogirdlari "Bunyodkor" va "Dinamo"dan ustun kelib, ancha o'zlariga kelib olishdi.
"Neftchi" esa 10-turda "Metallurg"ni 3:0 hisobida mag'lub etganidan so'ng keyingi ikki turni kuchli jamoalarga qarshi o'tkazib, AGMKga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi va "Nasaf" bilan 1:1 o'ynadi.
Bilasizmi? "Neftchi" shu paytgacha safarda 5ta o'yin o'tkazib, ikki durang va uch mag'lubiyat qayd etgan. Jamoa bugun mehmondagi ilk g'alabasini qo'lga kiritadimi? Buni albatta vaqt ko'rsatadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar