So’nggi yangiliklar

18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  9 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  13 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 21-tur bahslari davom ettiriladi. Kun tartibidan yana uchta uchrashuv o'rin olgan.

Bugun bo'lib o'tadigan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" bahsi haqida ko'p gapirildi. Hech shubhasiz bu o'yin turning markaziy uchrashuvi bo'ladi. Toshkentda bo'lib o'tgan 1-davra bahsida 1:1 hisobi qayd etilgandi va uchrashuvni toshkentlik hakam SHerzod Qosimov boshqarib borgandi.

Qizig'i shundaki, Qo'qondagi bellashuvni ham shu hakam boshqaradi. Turnir jadvalida "Paxtakor" 43 ochko bilan peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Qo'qonliklar esa 27 ochko to'plagan holda 6-o'rinni egallab turishibdi. Kuchli oltilikka kirib olishda "Qo'qon-1912" uchun bugungi bahs muhim ahamiyat kasb etadi.

"Qo'qon-1912" bugun o'z maydonida ushbu mavsum hisobidan 11-uchrashuvini o'tkazadi. Bungacha o'tkazilgan 10ta o'yinning 5tasida No'mon Hasanov shogirdlari zafar quchgan. Ikki bor durang qayd etilgan bo'lsa, uchta o'yinda imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 12-8. "Qo'qon-1912" uydagi bahslarda 17 ochkoni qo'lga kiritgan.

Yana bir qiziq malumot, xuddi "Qo'qon-1912" uyda qayd etgan ko'rsatkichlarni "Paxtakor" safarda ko'rsatgan. Yani, "Paxtakor" safarda besh bor g'alabaga erishib, ikki bor durang o'ynagan va uch marta yutqazib qo'ygan. "Paxtakor" ham safar o'yinlarida 17 ochkoli bo'lgan. Faqat to'plar nisbati biroz farq qiladi: 13-7.

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" Superligadagi oxirgi to'rtta o'yindan uchtasini g'alaba bilan yakunladi. Jamoa o'z maydonida AGMK va "So'g'diyona"dan ustun kelgan bo'lsa, safarda "Bunyodkor"ni mag'lub etib qaytdi.

Fakt: "Paxtakor" ketma-ket ikki turdan beri g'alaba qozona olmayapti. "SHerlar" Namanganda "Navbahor"ga imkoniyatni boy berib, Toshkentda "Loko" bilan durang o'ynashdi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика