So’nggi yangiliklar

22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:15Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" (матнли трансляция)  3 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  11 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  0 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15 20:52"Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:51Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:15Хойлунд "Манчестер Юнайтед"дан кетишга шошилмаяпти  1 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  1 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   15 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Neftchi" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Neftchi"

Bugun oliy liganing 19-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi.

JCH-2018 saralash o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasiga uch va undan ko'p futbolchi chaqirilgani tufayli "Lokomotiv", "Nasaf" va "Paxtakor" ishtirokidagi bahslar nomalum muddatga qoldirilgan. 

Bugun vodiy derbisida "Neftchi" "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi. "Qo'qon-1912" ikkinchi davraning ikkita bahsini safarda o'tkazib ikkalasida ham mag'lub bo'ldi. Qolaversa, o'z maydonida "Obod"ni zo'rg'a 1:0ga yutdi. Jamoaning o'yinida pasayish bormi? Hozircha bir narsa deyish qiyin, lekin natijalarga qaraydigan bo'lsak, qo'qonliklar birinchi davrada safarda faqat bir marta mag'lub bo'lishgandi. Hozir esa ikki o'yin - ikki mag'lubiyat. 

Bugun "Qo'qon-1912"ni garchi o'z maydonida o'ynagani bilan "Neftchi"ga qarshi oson bo'lmagan uchrashuv kutib turibdi. SHu paytgacha 13 ochko to'plagan "Neftchi" turnir jadvalida faqat "Obod"dan yuqori o'rinda. Jamoa Vadim Abramov kelganidan beri g'alaba qozona olmadi. Abramov qo'l ostida farg'onaliklar birinchi davraning oxirgi uchta turida zafar quchishmagandi. Ikkinchi davra ham g'alabasiz davom etmoqda. 

"Neftchi" bungacha ketma-ket ikki bor o'z maydonida 1:1 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, safarda "Paxtakor"ga 0:6 hisobida engildi. Tabiiyki bunday natijalar bosh murabbiyning asabiylashishiga olib keladi. Muxlislar esa Abramov boshchiligidagi "Neftchi" qachon g'alaba qozonarkin deya kun sanashmoqda. Bugungi bellashuvda favorit kimligini aytish qiyin. To'g'ri, "Qo'qon-1912" uyda o'ynaydi, lekin "Neftchi" ham qarab turmasa kerak.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика