So’nggi yangiliklar

16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  1 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  0 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  3 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  1 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  12 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5

Bugun futbol. Oxirgi to'rt o'yinda 12ta gol urgan "Paxtakor" amaldagi chempionga qarshi Yangiliklar

Bugun futbol. Oxirgi to'rt o'yinda 12ta gol urgan "Paxtakor" amaldagi chempionga qarshi

Bugun oliy liganing 22-tur bahslariga start beriladi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Lokomotiv" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Bu to'qnashuvga ortiqcha tarif berish shart bo'lmasa kerak. Jamoalarning turnir jadvalida egallab turgan o'rnidan qatiy nazar bugun TTZdagi "Lokomotiv" stadionida qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. 

Ikkala jamoa ham ikkinchi davrada hozircha beshtadan o'yin o'tkazdi. "Lokomotiv" shundan uchtasidan g'alaba qozongan bo'lsa, "Paxtakor" ham shuncha o'yinda yutuqqa erishdi. "Lokomotiv" uyda "SHo'rtan", safarda esa "So'g'diyona" va "Metallurg" klublarini mag'lub etdi. "Paxtakor" esa o'z maydonida "Neftchi" bilan "SHo'rtan", safarda "Metallurg" klublaridan ustun keldi. 

Bilasizmi? "Lokomotiv" ikkinchi davrada uy o'yinlarida bittadan ko'p gol ura olmayapti. Bu jamoa o'z maydonida "Mashal" bilan 1:1 o'ynagan bo'lsa, "SHo'rtan"ni zo'rg'a 1:0 hisobida mag'lub etdi. 

Ko'pchilikni qiziqtirayotgan savol: "Paxtakor" SHota Arveladze boshchiligida kuchayishga erishdimi? O'ylaymizki, bu savolning javobini bugungi o'yindan so'ng bilib olamiz. CHunki "Paxtakor" bungacha g'alaba qozongan o'yinlarda raqiblar unchalik kuchli emasdi. "Paxtakor" safarda "Qizilqum" va "Dinamo" kabi o'rtamiyonalarni enga olmadi, shunday bo'lsa-da, jamoa "Lokomotiv" maydonida uch ochkoni qo'lga kirita olarmikan... 

Qolaversa, Arveladzening "Lokomotiv" "Paxtakor" uchun ashaddiy raqib ekanligidan xabari bormi? Agar murabbiy bu haqda bilsa va shogirdlarini shunga yarasha ruhlantira olsa, demak kurash yanada qizg'in kechadi. Bundan tashqari, "Paxtakor" tarkibiga kelib qo'shilgan legionerlar ham qanchalik darajada kuchli ekanliklarini mana shu o'yinda ko'rsatishlari kerak. 

CHetdan qaraganda "Lokomotiv"ning ikkinchi davradagi o'yini kuchsizlangandek ko'rinmoqda. Lekin bu aldamchi taassurot bo'lishi ham mumkin. Masalan, "Loko" bugun zafar quchsa navbatdagi chempionlik uchun yana bir katta qadam tashlaydi. Jamoa tarkibida yo'qotishlar bor, xususan Marat Bikmaev, SHuhrat Muhammadiev va Sadriddin Abdullaev turli sabablarga ko'ra ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborishadi. 


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика