Bugun futbol. "Olmaliq" - "Metallurg"
18 may 2017 15:40
Yangiliklar
Bugun futbol. "Olmaliq" - "Metallurg"
“Olmaliq” (Olmaliq) – “Metallurg” (Bekobod)
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), J. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus), D. Jamilov (Toshkent vil.)
Nazoratchi: R.Serazetdinov (Toshkent)
O'zPFL vakili: G. Rtveladze
Jadvaldagi o'rni: "Olmaliq" 9-o'rinda (13 ochko). "Metallurg" 15-o'rinda (8 ochko).
O'yindan nima kutyapmiz? "Olmaliq" o'z maydonida to'p tepishini hisobga olsak, ustunlik mezbonlar tomonida. Lekin "Metallurg" ham qarab turmasa kerak. CHunki bekobodliklarga ham ochko suv va havodek zarur. Qolaversa, "Metallurg" safardagi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti.

Fakt: "Olmaliq" o'z maydonidagi to'rtta o'yindan ikkitasida g'alabaga erishib, ikki marta durang o'ynagan. Va jamoa uyda 8 ochkoli bo'lgan. Kumikov shogirdlari uyda hali mag'lub bo'lishmagan.
Bilasizmi? "Olmaliq" o'z maydonidagi o'yinlarda gol o'tkazmay kelayotgan oliy liganing yagona jamoasi bo'lib turibdi. To'plar nisbati 3-0.
Fakt: Safarda to'rtta o'yinda maydonga tushgan "Metallurg" bir marta durang o'ynab, uchta uchrashuvda mag'lub bo'lgan. Qizig'i shundaki, "Metallurg" safarda hali g'alaba qozonmagan, bundan tashqari atigi bitta gol urgan.
Bilasizmi? "Metallurg" safardagi bir ochkoni "Bunyodkor" bilan o'yinda qo'lga kiritgan. Jamoa 1:1 hisobida durang o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди
Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти
АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди
ОЧЛ-2. "Андижон"нинг гуруҳдаги рақиблари ҳамда мураббий ва футболчиларнинг қуръага муносабати
Fikrlar