So’nggi yangiliklar

07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  0 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1

Bugun futbol. "Olmaliq" - "Mashal" Yangiliklar

Bugun futbol. "Olmaliq" - "Mashal"

Bugun oliy liganing 25-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv o'tkaziladi. "Olmaliq" o'z maydonida "Mashal"ni qabul qiladi.

Turnir jadvalida "Olmaliq" 32 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. "Mashal" hisobida esa 35 ochko bor va bu jamoa 8-o'rinda bormoqda. Demak, bugun Olmaliq shahrida jadvalning yonma-yon o'rinlarida borayotgan jamoalar o'zaro bahs olib borishadi. 

Ikkinchi davradagi "Olmaliq" birinchi davradagi jamoadan birmuncha farq qiladi. Jamoa oraliq tanaffusdan so'ng hozircha to'qqizta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, shundan faqat ikkitasida g'alaba qozongan. Va har ikkala g'alaba ham uydagi bahslarda qo'lga kiritilgan. "Olmaliq" o'zidan kuchsiz jamoalar - "So'g'diyona" bilan "Obod"ni mag'lub etgan.

Bilasizmi? "Olmaliq" qatorasiga uch o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa "Qizilqum" bilan durang o'ynaganidan so'ng ketma-ket ikkita bellashuvda yutqazib qo'ydi. 

"Mashal" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa ikkinchi davrani yaxshi boshladi, ammo oxirgi uch o'yinda g'alabaga erisha olmadi. Muborakliklar avvaliga Toshkentda "Lokomotiv" bilan durang o'ynashdi va keyingi turlarda gol o'tkazmasdan "Metallurg" va "SHo'rtan" ustidan zafar quchishdi. "Mashal" hatto safarda "Qo'qon-1912"ni ham mag'lub etib qaytdi. 

Biroq jamoa "Buxoro"ga qarshi 1:1 hisobini qayt etganidan so'ng safarda "Bunyodkor"dan engildi va uyda "So'g'diyona" bilan 0:0 o'ynadi. Fakt shuki, "Mashal" oxirgi uch o'yinda atigi bittagina gol ura oldi xolos. 

Bilasizmi? "Mashal" ikkinchi davrada to'rtta g'alabaga erishgan bo'lsa, shundan ikkitasi Muborakda va yana ikkitasi safar o'yinlarida qo'lga kiritilgan. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика