Bugun futbol. "Neftchi" - "Lokomotiv"
05 may 2022 13:10
Yangiliklar
Bugun futbol. "Neftchi" - "Lokomotiv"
"Olimpik" Toshkentda "Dinamo"ni qabul qilsa, "Lokomotiv" Yaypanda "Neftchi" mehmoni bo'ladi. Har ikki bahs 18:30da boshlanadi.
Farg'onadagi stadionda tamirlash ishlar ketayotgani bois "Neftchi" - "Lokomotiv" bellashuvi Yaypanda joylashgan "O'zbekiston" stadionida bo'lib o'tadi.
Turnir jadvalida "Neftchi" 4 ochko bilan 13-o'rinda boryapti, "Lokomotiv" esa 6 ochko to'plagan holda 8-o'rinni egallab turibdi. "Neftchi"da to'plar nisbati 4-10, "Loko"da esa 6-9.
O'tgan tur "Lokomotiv" o'z maydonida "Surxon"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. "Neftchi" Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'lib, 1:1 o'ynadi.
"Neftchi" shu paytgacha mavsum boshidan beri faqat "Qo'qon-1912"dan ustun kelib, qolgan o'yinlarda g'alaba qozona olmadi. Jamoa 2-5 turlar orasida qatorasiga 4ta mag'lubiyatni qabul qilib oldi: "Paxtakor", "So'g'diyona", "Qizilqum" va "Bunyodkor"dan.
"Lokomotiv" hisobida ikkita g'alaba bor va har ikki g'alaba uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan. "Temiryo'lchilar" hozircha safar bahslarida ijobiy natija qayd eta olishmayapti: uch o'yin, uch mag'lubiyat. Bugun "Loko" safardagi ilk g'alabasini qo'lga kiritsa ajab emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar