Bugun futbol. "Dinamo" - "Lokomotiv"
25 apr 2022 12:28
Yangiliklar
Bugun futbol. "Dinamo" - "Lokomotiv"
Mazkur turni "Lokomotiv" Samarqandda "Dinamo" jamoasiga qarshi o'tkazadi. Markaziy stadionda bo'lib o'tadigan bahs soat 18:30da start oladi.
Musobaqa jadvalida "Lokomotiv" 3 ochko to'plagan holda 11-o'rinda boryapti, "Dinamo" esa 1 ochko bilan oxirgi o'rnini egallab turibdi. "Loko"da to'plar nisbati 3-6, "Dinamo"da esa 1-5.
"Dinamo" shu paytgacha uyda ikkita o'yin o'tkazib, bir mag'lubiyat va bir durang qayd etgan. Mavsumni "Paxtakor"ga qarshi 0:2 bilan boshlagan samarqandliklar keyinchalik "Qizilqum" bilan 0:0 o'ynashdi. Safardagi ikkita o'yinda esa "Dinamo" "So'g'diyona" va "Bunyodkor" jamoalariga mag'lub bo'ldi.
"Lokomotiv" ham xuddi "Dinamo" singari to'rtta uchrashuvdan uchtasida mag'lub bo'ldi. Faqat "temiryo'lchilar" hisobida bitta g'alaba bor va bu yutuq AGMK bilan bahsda qo'lga kiritildi. "Temiryo'lchilar" "Qizilqum", "Bunyodkor" va "Nasaf" bilan o'yinlarda imkoniyatni boy berishdi.
DINAMO – LOKOMOTIV
Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Bektursin Kannazarov, Damir Iskanderov, Nayim Qosimov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Bekzod Aripov
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar