So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  7 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  8 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  12 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  8 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Bugun futbol. "Al Sadd" - "Persepolis" Yangiliklar

Bugun futbol. "Al Sadd" - "Persepolis"

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/2 final bosqichiga start beriladi.

Yarim finalning birinchi o'yinida "Al Sadd" o'z  maydonida "Persepolis"ni qabul qiladi. Bu 2018 yilgi OCHL pley-off bahslarida uchinchi bor Eron va Qatar klublarining o'zaro to'qnashuvi bo'ladi. Esingizda bo'lsa, bundan oldingi bosqichda "Al Sadd" - "Istiqlol" hamda "Persepolis" - "Al Duhaly" to'qnashuvlari guvohiga aylangandik.

Qizig'i shundaki, har ikkala klub bu yilgi OCHL guruh bosqichida bitta guruhda kurash olib bordi. "S" guruhida bahslarga kirishgan jamoalar orasida "Nasaf" ham bor edi. Biroq "Nasaf" 10 ochko to'plab guruhdan chiqa olmadi. "Persepolis" 13 ochko bilan, "Al Sadd" esa 12 ochko to'plab keyingi bosqichga yo'l oldi.

Guruhdagi o'zaro o'yinlarda "Al Sadd" Qatardagi bellashuvda 3:1 hisobida, "Persepolis" esa Tehronda kechgan bahsda 1:0 hisobida o'z raqibini mag'lub etgan. Musobaqaning nimchorak finalida "Al Sadd" Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubiga to'qnash keldi. Dohada bo'lib o'tgan birinchi o'yinda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishdi. Jidda shahrida o'tkazilgan bahs esa 2:2 hisobida yakun topdi.

"Persepolis" nimchorak finalning birinchi o'yinini "Al Jazira"ga qarshi o'tkazib, mehmonda 2:3 hisobida yutqazib qo'ydi. Biroq o'z maydonida 2:1 hisobi bilan zafar quchdi. Natijada mehmonda urilgan gol evaziga eronliklar keyingi bosqichga yo'l olishdi.

CHorak finalda "Al Sadd" "Istiqlol"ga, "Persepolis" esa "Al Duhayl"ga qarshi bahs olib bordi. "Al Sadd"ning birinchi o'yinda Tehronda 3:1 hisobida g'alaba qozonishi mumhim rol o'ynadi. Javob bellashuvi 2:2 hisobida yakun topdi va qarabsizki qatarliklar yarim finalda.

Qatarning boshqa bir klubi "Duhayl"ga qarshi to'p tepgan "Persepolis" safarda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi, biroq uydagi o'yinda vaziyatni o'nglay oldi va 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. SHunday qilib bu jamoa ham yarim finalga chiqdi.

Mana endi bugun Dohadagi "Jassim bin Hamad" stadionida ushbu jamoalar o'rtasida yarim finalning dastlabki uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 20:15da start oladi. Javob uchrashuvi 23 oktyabrga belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика