So’nggi yangiliklar

16:58Жаҳон чемпионига айланган Бразилия футзалчилари қандай фикрда?  0 16:30Аргентина футзалчилари финалдаги мағлубиятдан сўнг нималар дейишди?  1 16:04Transfermarkt Франция чемпионати футболчиларининг нархини янгилади. Абдуқодир Ҳусановнинг янги нархи қанча бўлди?   9 15:56"Арсенал" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтиришга тайёр  0 15:29Слот "Ливерпуль" тарихига кирди  1 15:00Шенсни қачон "Барселона" сафида майдонга тушиши мумкин?  0 14:36"Пахтакор" - "Динамо" учрашуви таҳлили: ҳакам нечта хатога йўл қўйди?  12 14:14Аббос Файзуллаев РПЛ 11-тур рамзий жамоасидан жой олди  1 13:50Сервер Жепаров Россиядаги амалиёт жараёни ҳақида гапирди  5 13:32Учинчи марта: Сречко Катанец Эрон ва БААга қарши ўйинларда Ўзбекистон термасига ёрдам беролмайди  92 13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  1 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   9 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  1

Bugun ECHLda Angliya derbisi, Klopp Gvardiolaga qarshi (Prevyu) Yangiliklar

Bugun ECHLda Angliya derbisi, Klopp Gvardiolaga qarshi (Prevyu)

Bugun Evropa chempionlar ligasining chorak finalida Angliya derbisi bo'lib o'tadi.

"Liverpul" (Angliya) – "Manchester Siti" (Angliya)
CHorshanba, 23:45. "Enfild"
Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)
Jarohatlanganlar: Emre Jan (so'roq ostida), Jo Gomes, Ragnar Klavan, Adam Lallana, Joel Matip - Serxio Aguero, Benjamen Mendi

Angliya derbisi qiziqarli o'tishi shubhasiz. Tomonlar ECHL doirasida ilk marta o'yin o'tkazishadi.

Yil boshida jamoalar "Enfild"da haqiqiy shou uyushtirib berishgandi. "Qizillar"ning ham "ko'klar"ning ham muxlislari yana shunday futbol ko'rishni istashayotgani bor gap. Klopp va Gvardiola jamoalari juda hujumkor o'yin namoyish etishmoqda. Ular bemalol yana o'sha kabi uchrashuvni muxlislarga tuhfa etishlari mumkin. Biroq turnirning saviyasidan kelib chiqqan holda aytishimiz mumkinki, qaysidir tomon biroz himoyaviy o'yin namoyish etish ehtimoli ham bor.

"Manchester Siti" va "Liverpul"ning "Etixad"dagi bahsida "qizillar" yirik 0:5 hisobida mag'lub bo'lgandi. Albatta, "Liverpul" keyinchalik o'z alamini oldi, biroq bu mag'lubiyat "shaharliklar"ning turnir jadvalidagi o'rniga hech qanday tasiri bo'lmadi. SHunchaki, "Siti"ning g'alabali seriyasi yakunlangandi.

CHorshanba kuni "Enfild"da "Manchester Siti" biroz ehtiyotkor o'yin namoyish etishi mumkin. Gvardiola "Liverpul"ning uch futbolchisi - Muhammad Saloh, Sado Mane va Aleks Oksleyd-CHemberlendan havfsirayotganini aytib o'tdi.

TAXMINIY TARKIBLAR

JAMOALARNING O'ZARO SO'NGGI UCHRASHUVI

Angliya. Liverpul, "Enfild". 53 285 tomoshabin.

Bosh hakam: Endryu Marriner.

"Liverpul" - "Manchester Siti" 4:3

Gollar: Aleks Oksleyd-CHemberlen 9, Roberto Firmino 59, Sado Mane 61, Muhammad Saloh 68 - Bernardo Silva 84, Ilkay Gyundogan 90+1.

"Liverpul": Karius - Robertson, Lovren, Matip, Gomes - Viynaldum, Jan, Oksleyd-CHemberlen - Mane, Firmino, Saloh.

"Manchester Siti": Ederson - Otamendi, Delf, Stounz, Uolker - De Bryuyne, Roza, Gyundogan - Sane, Sterling, Aguero.

O'ZARO O'YINLAR

Yuqorida aytilganidek, tomonlar ECHLda ilk marta to'qnash kelishadi. Jamoalar o'zaro 179 uchrashuv o'tkazishgan. SHularning 87tasida mersisaydliklarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 45 bahsda "shaharliklar"ning qo'li baland kelgan. 47 uchrashuvda durang qayd etilgan. "Liverpul" 317, "Manchester Siti" 237 gol kiritgan.

Jamoalarning o'zaro so'nggi 5 uchrashuvi:

2016 yil 3 mart. "Liverpul" - "Manchester Siti" 3:0

31 dekabr 2016 yil. "Liverpul" - "Manchester Siti" 1:0

19 mart 2017 yil. "Manchester Siti" - "Liverpul" 1:1

9 senyabr 2017 yil. "Manchester Siti" - "Liverpul" 5:0

14 yanvar 2018 yil. "Liverpul" - "Manchester Siti" 4:3

FAKTLAR

- "Liverpul" 2008 yildan buyon ilk marta ECHLning chorak finaligacha etib keldi. O'sha yili jamoa "CHelsi"dan mag'lub bo'lgandi.

- "Liverpul" evrokuboklarda o'z maydonida 14 uchrashuvdan buyon mag'lub bo'lmayapti (9 g'alaba, 5 durang). Jamoa o'z maydonida so'nggi marta 2014 yilda "Real"dan 0:3 hisobida yutqazgandi.

- "Liverpul" bu mavsum ECHLdagi eng samarali jamoa. "Qizillar" hisobida 28 gol bor. Turnir rekordi "Manchester Yunayted"ga tegishli - 32 gol.

- "Manchester Siti" ikkinchi marta ECHLning ushbu bosqichiga etib keldi. 2016 yilda jamoa ikki o'yin hisobiga ko'ra PSJni mag'lub etgandi.

- Klopp-Gvardiola bahsida germaniyalik mutaxassisdan 5 g'alaba bor. U Gvardiolani eng ko'p mag'lub etgan murabbiy hisoblanadi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика