So’nggi yangiliklar

00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  0 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  0 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  9 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  6 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  25 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0 19:03Элдор Шомуродов: "Эронга қарши ўйин, Қирғизистонга қарши баҳсдан осонроқ бўлади"  29 18:31ПРО-Лига. "Қўқон-1912"га қарши баҳсда "Машъал" сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди  8 17:53Эдер Милитао яна жароҳат олди  4 17:24"Барселона" эътиборини "Лилль" ҳимоячисига қаратди  3 16:53Артета Кай Хаверцнинг сирини ошкор қилди  2 16:28Эрон терма жамоаси делегацияси Тошкентга етиб келди  23

Bugun APLda Mourino-Venger, Sanches-Mxitaryan bahsi (Prevyu) Yangiliklar

Bugun APLda Mourino-Venger, Sanches-Mxitaryan bahsi (Prevyu)

Bugun Angliya Premer-ligasining 36-turi doirasida "Manchester Yunayted" o'z maydonida "Arsenal"ni qabul qiladi.

"MANCHESTER YUNAYTED" - "ARSENAL"
"Old Trafford", Manchester.
Premer Liga, 36-tur.
29 aprel 2018 yil
Boshlanish vaqti: 16:30 BST (20:30 Uzb).

TARKIBLAR HOLATI

"Manchester Yunayted"

Ayni damda lazaretda faqatgina Serxio Romero bor. Jamoa sardori Antonio Valensiya Angliya kubogi doirasida "Tottenxem"ga qarshi uchrashuvda mushaklaridan olgan jarohatidan forig' bo'lishga ulgurdi.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlangan: Romero (tizza).
"Manchester Yunayted": De Xea, Pereyra, O‘Xara, Valenciya, Darmian, SHou, Yang, Lindelof, Smolling, Jons, Roxo, Bayi, Matich, Kerrik, Pogba, Fellayni, MakTominay, Errera, Mata, Lingard, Marsyal, Sanches, Reshford, Lukaku.

"Arsenal"

Jamoa ustozi Arsen Venger tarkibda katta o'zgarishlar qilishi kutilmoqda. Sababi uning shogirdlari payshanba kunida Evropa ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi. Obameyang esa evrokuboklarda qatnasha olmasligi bois, bugun maydonga tushishi mumkin. Mxitaryan ham safga qaytgan va sobiq jamoasiga qarshi o'yinda qatnashishga tayyor.

Diskvalifikaciya: Yo'q.
Jarohatlanganlar: Kasorla, Elneni.
So'roq ostida: Mxitaryan (tizza).
"Arsenal": CHex, Ospina, Xolding, Mustafi, CHembers, Belerin, Koselni, Mertezaker, Monreal, Nelson, Kolashinac, Metlend-Nayls, Jaka, Uillok, Uilshir, Remzi, O'zil, Ivobi, Mxitaryan, Uelbek, Lyakazet, Nketiya, Obameyang.

"Manchester Yunayted"
Barcha turnirlardagi so'nggi 5 uchrashuvi: G'-G'-M-G'-G'
2-o'rin, 74 ochko

MYU Ser Aleks Fergyuson davridan keyin ilk marta 70dan ko'proq ochko ishlay olishdi.

"Manchester Yunayted" mag'lubiyatga uchrasa, 2014 yilda Devid Moyesdan keyin ilk marta ketma-ket ikki uy uchrashuvida mag'lubiyatga uchrashi mumkin.

"Qizil iblislar" kuchli oltilikdagi so'nggi 6 bahsning 4 o'yinida g'alaba qozongan. Birinchi davradagi uchrashuvda darvozabon David De Xea 14 bora seyv amalga oshirgandi.

"Yunayted" mag'lubiyatlarining 67 foizi yakshanba kuni bo'lgandi, shu jumladan "Siti" va "Bromvich"ga qarshi uchrashuvlar ham haftaning so'nggi kunida o'tkazilgan.

"Arsenal"
Barcha turnirlardagi so'nggi 5 uchrashuvi: D-G'-M-D-G'
6-o'rin, 57 ochko

"Arsenal" - 2018 yilda barcha safar uchrashuvlarida mag'lub bo'lgan yagona jamoa.

"Kanonirlar" bu mavsum APL doirasidagi 9 safar o'yinida mag'lubiyatga uchradi. "Arsenal" so'nggi bora 1989-90 yilgi mavsumda 10 safar o'yinida yutqazib qo'ygan.

"Arsenal" so'nggi 5 safar o'yinida yutqazdi va yana bittasida durang o'ynadi. Jamoa bunday natijani 1966 yilda qayd etgan. O'shanda londonliklar ketma-ket 7 safar bahslarida g'alabaga erisha olmagan.

Venger bu mavsumda 2006 yildan keyin ilk marta APLda 67dan kam ochko to'plamoqda.

Ushbu bahs Arsen Venger uchun "Old Trafford"dagi so'nggisi bo'ladi.

FUTBOLCHILAR HAQIDA MA'LUMOTLAR VA POTENCIAL REKORDLAR

"Manchester Yunayted"
To'purar: Lukaku – 27 gol (16tasi Ligada).

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea APLda 17 bora "quruq o'yin" o'tkazib, "Oltin qo'lqop" uchun yaqqol davogar bo'lib olgan.

Aleksis Sanches maydonga tushsa, sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi, agarda gol kiritsa mavsumda sobiq klubiga gol kiritgan ilk futbolchi bo'lishi mumkin.

"Arsenal"
To'purar: Lyakazet - 16 gol (13tasi Ligada).

MYUning sobiq futbolchisi Denni Uelbek "Old Trafford"da o'tkazgan so'nggi ikki bahsida gol kiritdi.

Hujumchi Aleksandr Lyakazet so'nggi 4 uchrashuvida 4 bora raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Genrix Mxitaryan maydonga tushsa, sobiq jamoasiga qarshi o'ynaydi, agarda Sanchesdan oldinroq gol kiritsa, mavsumda sobiq klubiga gol kiritgan ilk futbolchi bo'lishi mumkin.

O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar barcha turnirlarda o'zaro 226 uchrashuv o'tkazishgan. SHularning 95tasida "Yunayted", 81tasida "Arsenal"ning qo'li baland kelgan. 50 bahsda g'olib aniqlanmagan.

MYU so'nggi 2006 yildan keyin 10 uy uchrashuvida "Arsenal"ga mag'lub bo'lmagan.

Barcha turnirlarni hisobga oladigan bo'lsak, "Arsenal" 2006 yildan keyin "Old Trafford"ga qilgan 18 safarining 13tasida yutqazgan.

"Arsenal" APL doirasida so'nggi bora "Yunayted" maydonida 2006 yilda g'alaba qozongan - 1:0.

TAXMINIY TARKIBLAR

BIRINCHI DAVRADAGI O'YIN

"Arsenal" 1-3 "Manchester Yunayted"
2 dekabr 2017 yil
Bosh hakam:
Andre Marriner.
Gollar: Lakazett 49 - Valensiya 4, Lingard 11, 63.
CHetlatish: Pogba 74.

HAKAMLAR

Bosh hakam: Kevin Frend (Lestershir).

Bu mavsum barcha turnirlarda 30 uchrashuvda ishladi va 60 bora sariq, 1 marta qizil kartochka ko'rsatdi.

Qanot hakamlari: Saymon Bennett, Eddi Smart.

Zaxiradagi hakam: Maykl Oliver.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика