So’nggi yangiliklar

00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  0 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  2 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  8 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  4 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  8 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  3 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1

"Bu yil Superligada hech kim kutmagan klub chempion bo'ladi". Hujumchi qaysi jamoani nazarda tutdi? Yangiliklar

"Bu yil Superligada hech kim kutmagan klub chempion bo'ladi". Hujumchi qaysi jamoani nazarda tutdi?

Yaqinda saytimiz orqali "So'g'diyona" futbolchisi SHohruz Norxonovning intervyusini taqdim qilgan edik.

Unda futbolchi boshqa jamoalardan tushayotgan taklif va boshqa mavzularda fikrlarini bildirib o'tdi. Etiborimizni tortgan jihat uning joriy yilgi Superliga qanday o'tishi haqidagi fikri bo'ldi. 

"Superliga juda qiziqarli kechadi. Buni taxmin qila olaman. CHunki barcha jamoalar kuchayishga erishmoqda. Jamoalarga evropalik murabbiylar kelyapti. Intriga ancha kuchli bo'ladi. Bir narsani aytishim mumkin, avvalgidek chempionlikni kim olishini oldindan sezish qiyin. Ko'rasiz, hech kim kutmagan jamoa birinchi o'rinni oladi. Albatta, bu mening fikrim",- deydi SHohruz Norxonov.

 O'zimizning karikatura: "Navbahor" navbatdagi chempionmi?


SHohruz Norxonov - "Navbahor"dan tushgan taklif, Belarus klubiga bormasligi va bu yilgi intriga haqida


Agarda shu pallada mavjud vaziyatga qaraydigan bo'lsak, "Navbahor", "Neftchi", "Qizilqum", AGMK jamoalari tarkibini mahoratli va nomdor ijrochilar bilan to'ldirib olmoqda. "Paxtakor", "So'g'diyona" tarkibini saqlab qolishni uddalayapti, deya olamiz. "Nasaf" haqida hozircha yangiliklar qulog'imizga chalinmayapti. Qolganlar imkoniyatdan kelib chiqib harakat qilayotganini sezish qiyin emas. Lekin yulduz futbolchilardan yangi jamoaning shakllanishi uchun ham vaqt kerak. Bu pallada gohida natijalar salbiy ko'rinish oladi. SHohruz Norxonovning fikridan mulohaza qiladigan bo'lsak, ko'pchilik kutgan "Paxtakor" emas, balki vi  loyat jamoalaridan biri birinchi o'rinni o'zini qiladi. Ko'ramiz va kuzatamiz!


Sizningcha 2022 yilda qaysi jamoa chempion bo'ladi?

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика