So’nggi yangiliklar

03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  60 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1

Bu vaziyatdan mano izlamang Yangiliklar

Bu vaziyatdan mano izlamang

Evropa Ligasi va "Sevilya" o'rtasida qandaydir mo'jizaviy bog'liqlik bor, buni hatto Mendilibar ham tushunmadi.

CHorak final doirasida bo'lib o'tgan o'yin va ayniqsa uning so'nggi daqiqalarida nimalar bo'lganiga hech kim tushunmadi. 

Stabillik etishmayotgan "Sevilya" avvalgi uikendda Ispaniya chempionati doirasida qo'shib berilgan daqiqalarda ikkita gol o'tkazib, "Selta"ga qarshi uchrashuvda g'alabani qo'ldan chiqargandi. SHu kuni jamoa Mendilibar qo'l ostida ilk bor g'alaba qozona olmadi. 

"Sevilya" keyingi bellashuvda ham g'olib bo'lmadi – Evropa Ligasi chorak finalida "Manchester Yunayted" bilan murosa ko'chasi tanlandi. "Murosa ko'chasi" deyish ham biroz g'alati tuyulsada, durangga shunday tarif beriladi-ku odatda. Ammo, lekin, biroq... "Selta"ga qarshi qayd etilgan durangdan farqli, "qizil iblislar"ga qarshi durangga Mendilibarning butkul aloqasi yo'q edi.  

Hech bo'lmasa, "Sevilya"ning o'yini, uning asosiy tarkibi Mendilibar uchun evrokubok eng oxiridagi oxirgi masala va klubning asosiy maqsadi La Ligada jon saqlash kanligini tushunish qiyin emasdi. 

Mendilibar ikkita quyonni ortidan quvlash niyatida emasdi. Unga Sampaoli tajribasi etarli bo'lgani ko'rinib turardi. Argentinalik vaqtida barcha musobaqalarda imkon qadar ijobiy natijaga erishish yo'lida, Ispaniyada quyi pog'onalarga tushib ketar va Evropada javob bahsida baribir yutqazib qo'yardi.

Mendilibarning ichki chempionatni ustun qo'yishini to'g'ri tushunish mumkin – bir necha kundan keyin "Sevilya" 5 ochkoginaga ortda qolayotgan "Valensiya" bilan o'ynashi kerak edi. "Manchester Yunayted" bilan kurash hozirgi holatda ispanlarga umuman kerak emasdi. 

Aslida barchasi tabiiy yo'sinda ketayotgandi va inglizlar katta ustunlikka ega edi. Biroq o'yinning oxirgi daqiqalari teng kurashlar ostida kechdi. Bunga Martinesning jarohatidan keyin 10 kishi bo'lib qolgan "Man Yunayted" futbolchilari raqib darvozasini qo'yib, o'z darvozalarini o'qqa tuta boshlashgani sabab bo'ldi. 

Mendilibar tabiiyki "Sevilya" Evropa Ligasida (agar shu bosqichgacha etib kelsa) kurashdan chorak finalidayoq hech qachon tark etmasligini bilmasdi.  

Yana bir qiziq tomoni, Orzular teatri deyiladigan "Old Trafford"da qo'yib berilgan dramatik uchrashuvdan keyin har ikki jamoa ichki chempionatda bir xil, 2:0 hisobida zafar quchishdi. 

Valencia

LaLiga . 29-tur

17/04/2023, 01:00

2
:
0
Tugadi

Sevilla

Loic Bade - 55', Suso - 75'

Stadion: Estadio Mestalla, 39654 tomoshabin

Bosh hakam: Carlos del Cerro

45'
90'
59'  Yunus Musah (Samuel Dias Lino)
69'  Toni Lato (Jesus Vazquez)
69'  Edinson Cavani (Hugo Duro)
80'  Andre Almeida (Marcos de Sousa)
80'  Samuel Castillejo (Javier Guerra)
84'  Ilaix Moriba
85'  Hugo Duro
41'  Lucas Ocampos
51'  Joan Jordan
55'  Loic Bade
68'  Joan Jordan (Ivan Rakitic)
68'  Karim Rekik (Gonzalo Montiel)
75'  Suso
75'  Gonzalo Montiel
76'  Suso (Marcao)
81'  Gonzalo Montiel
83'  Marcao
90'  Bryan Gil (Erik Lamela)
90'  Youssef En-Nesyri (Rafa Mir)
90'  Nemanja Gudelj

Nottingham Forest

Premier League . 31-tur

16/04/2023, 21:30

2
:
0
Tugadi

Manchester United

Antony - 32', Diogo Dalot - 76'

Stadion: City Ground, Nottingham, 29435 tomoshabin

Bosh hakam: Simon Hooper

45'
90'
65'  Remo Freuler (Orel Mangala)
65'  Taiwo Awoniyi (Sam Surridge)
67'  Neco Williams
81'  Scott McKenna (Emmanuel Dennis)
83'  Orel Mangala
88'  Morgan Gibbs-White (Jesse Lingard)
3'  Harry Maguire
32'  Antony
72'  Anthony Martial (Wout Weghorst)
76'  Diogo Dalot
76'  Antony
79'  Christian Eriksen (Fred)
90'  Wout Weghorst

Endi oldinda yana o'zaro to'qnashuv kutib turibdi. Balki endi ichki chempionatda vaziyatini ancha yaxshilab olgan "Sevilya" taqdir sovg'asini rad etmay, ishga jiddiyroq kirishar? Yoki alamli durangdan to'g'ri xulosa chiqargan Erik ten Xag va shogirdlari sovrin ilinjida yurishini davom ettiradimi? Nima bo'lganda ham bizni qiziqarli bahs kutib turibdi. Axir Evropa Ligasida "Sevilya" o'ynaydi, bunday bahslar zerikarli o'tmasligini avvalgi uchrashuv barchaga eslatib qo'ydi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика