Bu qiziq! Vohid SHodiev oliy ligadagi 1-golini qachon urgan edi?
28 mar 2014 10:49
Yangiliklar

Bu qiziq! Vohid SHodiev oliy ligadagi 1-golini qachon urgan edi?
"FIFA.uz"da foydalanuvchilariga ochko ulashayotgan Vohid SHodiev oliy ligadagi debyut uchrashuvini 2008 yil o'tkazgan.
"O'zDong-Ju" tarkibida ro'yxatdan o'tgan futbolchi 1-turda "So'g'diyona"ga qarshi bahsning 75-daqiqasida Elyor Rahmatullaev o'rniga maydonga tushgan. Uchrashuv qaydnomasi quyidagicha ko'rinish olgan.
"So'g'diyona" - "O'zDong-Ju" - 1:1 (0:0)
1-tur. "Jizzax" stadioni. 8000 tomoshabin.
Gollar: No'mon Hasanov (77) - Vadim Lyubinskiy (90+2)
"So'g'diyona": Kattaev SHerzod; Otaboev Inom; Nasibullaev SHavkat; Qudratov Marat (Hasanov No'mon, 58); Erkinov SHahboz (SHarofutdinov Saidolimxon, 89); Yuldashev Azim; Mahmudov Alisher; SHorahmedov Akmal; CHoriev Islom (Abdumo'minov Bekzod, 55); Yusupov Odil; Qurbonov Muxtor.
"O'zDong-Ju": CHoriev Akmal; Haydarov Lutfulla; Toshtemirov Husniddin; Solioxunov Abror; Arslanov Sergey; Rahmonov Rasul (Musaev Farhod, 80); Iminov Axbor; Ahmedov Islom; Lyubinskiy Vadim; Mahmudov Azizullo; Rahmatullaev Elyor (SHodiev Vohid, 75)
Ogohlantirishlar: Mahmudov Azizullo, 58; Yuldashev Azim, 75.
Bu paytlar "So'g'diyona" kuchli va kelajagi bor tarkibga ega edi. Ammo moliyaviy holatning qoniqarli emasligi sabab, jamoadan ko'plab futbolchilar ketib qolishgan. O'shanda Akmal SHorahmedov, Alisher Mahmudov, SHavkat Nasibullaev singari futbolchilar mavsumni "So'g'diyona"da o'tkazgandilar.
Vohid SHodiev "Qizilqum" safida "Paxtakor" himoyachisi Anzur Ismoilovga qarshi
Oliy liga - 2008da SHodiev jami 7 uchrashuvda maydonga tushgan. Daqiqalari soni 195ni tashkil etgan. Hujumchi ligadagi dastlabki golini "Qizilqum" safida urgan. 2009 yilni zarafshonliklar safida boshlagan futbolchi 2-turda "SHo'rtan" darvozasini ishg'ol qiladi. Ammo g'uzorliklarga qarshi kechgan bellashuvda maydon egalari g'alaba qozonishgan.
3 oktyabr kuni SHodiev oliy ligadagi ilk dublini nishonlaydi. "Buxoro" - "Qizilqum" o'yinida maydon egalari yirik hisobda mag'lubiyatga uchraganlar - 3:5.
"Buxoro" - "Qizilqum" - 3:5 (2:1)
03.10.2009. 24-tur. "Buxoro" stadioni. 4375 tomoshabin.
Gollar: SHamsitdinov Orif (16), Qobilov Suhrob (23), Soliev Lochin (71) - SHodiev Vohid (11, 50), Postoltaev Vladimir (61), Koshelev Leonid (75, 78)
"Buxoro": Lobanov Aleksandr; Musaev SHuhrat; Omonov Bobirjon; Nematov Suhrob; Nichunaev Vadim (Umarxonov D, 62); Soliev Lochin; SHamsitdinov Orif; Qobilov Suhrob; Axmetaliev Serik (Lyapin Albert, 50); Abibullaev Dilyaver (Samatov Alisher, 75); Aslanov Tolib
"Qizilqum": Zaxareckiy Sergey; Nasibullaev SHavkat; Gladkov Egor; Rustamov Akmal (Dosanov Doniyor, 70); Risqullaev Axrol; Risqullaev Akmal; Koshelev Leonid; Jo'raev SHerali; Lyubinskiy Vadim (Vlasichev Andrey, 82); SHodiev Vohid (Raupov Zohid, 64); Postoltaev Vladimir.
Ogohlantirishlar: Axmetaliev Serik (14), Omonov Bobirjon (16).
"Buxoro" - "Qizilqum" uchrashuvida raqib darvozasini boshi bilan nishonga olyapti
Qizig'i shundaki, SHodiev birinchi dublini bugunda "Paxtakor" darvozasini qo'riqlayotgan Aleksandr Lobanov darvozasiga yo'llagan. Vohid "Qizilqum" tarkibida jami 7 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qiladi. 2010-11 yillarni "Neftchi" safida o'tkazgan hujumchi bironta gol ura olmagan. "Buxoro" safida 2012 yilgi mavsumning 11-turiga qadar raqiblar darvozasini ishg'ol qila olmagan SHodiev, mavsumda jami 5 marta gol urdi. Oradan bir yil o'tib esa 12ta.
SHodiev "Neftchi" safida
Uning bu harakatlari MTJ bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovning nazaridan chetda qolmadi va futbolchi Vetnam hamda Gonkong terma jamoalariga qarshi o'yinlarda bittadan gol urishga muvaffaq bo'ldi.
“Bu qiziq!” loyihamiz davom etadi...
Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar