Bu mavsumda LaLiga jamoalari orasida eng ko'p golni qaysi klub o'tkazib yuborganini bilasizmi?
10 apr 2019 21:12
Yangiliklar
Bu mavsumda LaLiga jamoalari orasida eng ko'p golni qaysi klub o'tkazib yuborganini bilasizmi?
"Real" bu mavsum 50 o'yinda 62 gol o'tkazib yubordi.
AS xabariga ko'ra, bu LaLiga jamoalari orasidagi eng yomon natija. "Qaymoqranglilar" bu borada "Ueska" (61), "Vilyarreal" (59), "Sevilya" (59) va "Levante" (59) kabi jamoalardan o'tib ketgan.
Undan tashqari, bu "qirollik klubi"ning so'nggi 10 yillikdagi eng yomon natijasi.
Ushbu gollarning 42tasini Kurtua, 18tasini Navas va 2tasini Zidan o'tkazib yuborgan.
Fikrlar