So’nggi yangiliklar

08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  7 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3

Brunu Pineyru: "Qolgan bahslarning barchasida g'alaba qozonishga majburmiz, boshqa variantimiz yo'q" Yangiliklar

Brunu Pineyru: "Qolgan bahslarning barchasida g'alaba qozonishga majburmiz, boshqa variantimiz yo'q"

"Nasaf" hamda "Al Sadd" uchrashuvidan (3:1) so'ng mehmon jamoa ustozi Brunu Pineyru matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Nasaf" g'alabaga munosib o'yin namoyish etishdi. Ularni tabriklayman".

- "Nasaf"ni mag'lub etish uchun "Al Sadd"ga nima etishmadi, kechagi matbuot anjumanida boshqacha kayfiyatda izoh bergan edingiz.

- Ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. "Nasaf"ning birinchi goligacha yaxshi o'ynadik, etiborsizlikka yo'l qo'ydik. Qaytishga urindik, biroq futbolchimiz chetlatildi. Hech bo'lmasa hisobni 3:2 ko'rinishga keltirmoqchi edik.

- Akrom Afifning agressiv harakatlariga qanday izoh bera olasiz?

- Afif agressiv o'yin ko'rsatdi deb o'ylamayman. U nega qizil kartochka olganini bilmayman. Muloqotda nimalar deyilganini eshitmadim.

- "Al Sadd" jamoasida ispan futbolining tasiri katta bo'lgan. Jamoadagilarga portugal futbolini joriy qilish qiyin bo'lyaptimi?

- Murabbiy qaysi mamlakatdan kelganining ahamiyati yo'q. Futbolda hammaning o'z qarashlari va uslubi bor. Ayni damda mening vazifam jamoaning avvalgi uslubini yanada rivojlantirish. "Al Sadd" doimo etakchi jamoa bo'lgan va men bu uslubni saqlab qolishga harakat qilaman.

- Jamoa sardorini almashtirishga nima majbur qildi? "Nasaf"ning o'yini Qatarning qaysi klubi saviyasiga yaqin?

- Bu normal holat. O'yinga o'zgartirish maqsadida yangi futbolchini maydonga tushirdik. "Nasaf"ni aniq bitta jamoaga o'xshata olmayman. Bu jamoaning himoyadan hujumga o'tishi va qarshi hujumlardagi harakatlari ligamizdagi ko'p jamoalarga o'xshab ketadi.

- Keyingi o'yinlar va guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?

- Qiyin vaziyatdamiz. Qolgan bahslarning barchasida g'alaba qozonishga majburmiz. Boshqa variantimiz yo'q.

- Kecha "Al Sadd"ning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori edi, jamoaga nima bo'ldi?

- Ochig'i so'nggi kunlarda juda ko'p o'yinlar o'tkazib yubordik. Futbolchilarga etirozim yo'q. Taqvim og'ir keldi. FIFA kunlarida 20ga yaqin futbolchi terma jamoalarga jalb qilinadi. CHarchoqlar "Al Sadd"ni tark etmayapti va bu narsa bizga halal beryapti.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика