So’nggi yangiliklar

11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  34 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  4

Braziliya – Gollandiya o'yiniga oid 5 ta qiziqarli fakt Yangiliklar

Braziliya – Gollandiya o'yiniga oid 5 ta qiziqarli fakt

Bugun Braziliadagi “Milliy” stadionida Braziliya va Gollandiya terma jamoalari o'rtasidagi bronza medal sovrindorini aniqlab beruvchi uchrashuv o'tkaziladi.
Quyida etiboringizga bugungi o'yin ishtirokchilariga oid qiziqarli 5 ta faktni havola qilamiz.

1) JCH-2014 yarim finalidan o'rin olgan Argentina – Gollandiya o'yini Jahon chempionatlari tarixiga durang (asosiy va qo'shimcha bo'limlarda hisob ochilmagandi) qayd etilgan uchrashuv sifatida kiritildi. Penaltilar seriyasidagina omad Argentinaga kulib boqqandi. Demak, Gollandiya ushbu mundialda hali mag'lubiyatga uchramagan jamoa bo'lib qolmoqda. SHuningdek, Kosta-Rika, Argentina va Germaniya ham hali Braziliyadagi JCHda mag'lubiyatga uchramagan.

2) Braziliya o'zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatida eng ko'p gol o'tkazib yuborgan – 11 ta. Kamerun va Avstraliya terma jamoalari o'z darvozalaridan 9 ta to'p olib chiqishgan. So'nggi bor 1938 yilgi mundialda braziliyalik futbolchilar 11 ta gol qo'yib yuborishgan edi. SHu paytgacha hech bir mezbon terma jamoa qolgan ishtirokchilardan ko'p to'p o'tkazib yubormagandi.

3) Gollandiya terma jamoasi uchun 9 ta jahon chempionatlaridagi so'nggi uchrashuvlar mag'lubiyat bilan yakunlangan.

4) Braziliya terma jamoasi JCHlarda 3-o'rin uchun o'yinda uch marotaba maydonga tushgan: 1938 yili ular SHveciyani 4:2 hisobida mag'lub etishgan, 1974 yili Polshaga 0:1 hisobida yutqazishgan, 1978 yili esa Italiyadan ustun (2:1) kelishgan.

5) Ushbu mundialdagi Gollandiya terma jamoasi ishtirokidagi 3 ta o'yinda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi raqib jamoa darvozaboni bo'lgan: Gilermo Ochoa (Meksika), Keylor Navas (Kosta-Rika) va Serxio Romero (Argentina).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика