So’nggi yangiliklar

13:20Футзал бўйича ЖЧ. Украина Францияга 7 та гол уриб, 3-ўринни олган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:02"Ливерпуль" "Кристал Пэлас" етакчисини сотиб олмоқчи  0 12:39"Барселона" Фатини қандай ҳолатда ижарага бериши аниқ бўлди  0 12:12Ўзбекистонда кимга "Олтин тўп" топширилди?   5 11:51Ўзбекистон U-15 терма жамоаси финалда Туркияга пенальтилар сериясига кўра мағлуб бўлди  0 11:25Левандовски "Барселона" билан шартномасини узайтириш учун нима қилиши кераклиги маълум  1 10:52Sofascore. Кечаги учрашувда Аббосбек Файзуллаевнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 10:17ФИФА президенти Жаҳон чемпионати мезбонлиги учун Ўзбекистонга миннатдорчилик билдирди  0 09:44Черан хет-трик қилиб, "Пахтакор"га ғалаба келтирган учрашувдан ГАЛEРEЯ  2 09:10"Реал" ва ПСЖ собиқ ҳужумчиси Малайзия клубига ўтди  0 08:36Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувда ҳимоячилар орасида энг катта баҳога лойиқ кўрилди  6 08:00Энг зўрлари аниқланган, Бразилия олтинчи марта кубогни кўтарган ЖЧ тақдирлаш маросимидан ГАЛEРEЯ  0 07:29ЖЧ-2026 саралаш. Эрон терма жамоасининг Тошкентга келадиган таркиби маълум  34 02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  2 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  8

Branko Ivankovich: “O'zbekiston tomonidan bosh murabbiylikka rasmiy taklif bo'lgani yo'q” Yangiliklar

Branko Ivankovich: “O'zbekiston tomonidan bosh murabbiylikka rasmiy taklif bo'lgani yo'q”

Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasidagi “Nasaf” hamda Eronning “Persepolis” jamoalari o'rtasida, ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Persepolis” jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich va jamoaning 15-raqamadgi himoyachisi Muhammad Ansorilar ishtirok etishdi.

Branko Ivankovich:- Assalomu alaykum hurmatli jurnalistlar. Avvalom bor “Nasaf” klubi rasmiylariga bizni juda yaxshi kutib olishgani uchun minnatdorchiligimni bildiraman.

Ertaga bo'ladigan o'yin har ikkala jamoa uchun juda muhim hisoblanadi. Ertaga juda qiziqarli uchrashuv bo'lishi kutilmoqda. “Nasaf” hozirgi paytda yaxshigina jismoniy barqaror jamoa. O'zaro bo'lib o'tgan birinchi uchrashuvimizdagi mag'lubiyatga uchraganiga asosiy sabab, u paytda mamlakatingizda milliy chempionat boshlanmgan edi. Endi raqibimiz ham ko'proq o'yin amaliyotiga ega. SHuning uchun ertaga raqibimiz umuman kuchli o'yin ko'rsatishini oldindan taxmin qilish mumkin. SHuningdek raqibimiz ertaga guruh bosqichidagi imkoniyatini yaxshilab olish uchun ham harakat qiladi.

Guruhimizdagi vaziyat shundayki, hatto 12 ochko jamg'argan jamoa ham guruh bosqichidan chiqa olmasligi mumkin. Avvallari 9 ochko bilan bemalol guruh bosqichidan chiqsa bo'lar edi.

Biz raqibimizni endi avvalgidan yaxshiroq bilamiz. Jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev juda ajoyib jamoa tuza olgan. Jamoa tez va qisqa to'p oshirishlar bilan o'ynaydi.

Yana shuni alohida takidlash joizki, “Nasaf”ning muxlislari stadionda juda ajoyib muhit yarata olishadi. Murabbiy sifatida bu holat men uchun juda yoqimli.

Biz bu o'yinga bitta yo'qotish bilan keldik, diskvalifikaciya tufayli himoyachimiz SHoja Xalilzoda bizga yordam bera olmaydi.

Qarshiga kelishdan avval ikki uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Ammo biz bu o'yinlarda mag'lubiyatga xos o'yin ko'rsatmadik, bizda omad ham etishmadi. Oxirgi o'yindagi mag'lubiyatimizga sabab, terma jamoada ishtirok etgan o'yinchilarimiz safimizga kechroq qo'shilgani bo'ldi. Ularning xizmatidan biz foydalana olmadik.

“Nasaf” tarkibidagi bironta o'yinchiini alohida ko'rsatmoqchi emasman. Jamoada kuchli futbolchilar yig'ilishgan. SHuningdek jamoaning bir qancha futbolchilari mamlakatning turli terma jamoalarida o'ynashadi. “Nasaf” O'zbekistonda eng zamonaviy o'yin ko'rsatadigan jamoa hisoblanadi.

Jamoa Qatarda yirik hisobda mag'lub bo'lgan bo'lsada, jamoaning ko'rsatgan o'yini bu hisobga mos emas edi.

Meni O'zbekistonga bosh murabbiylikka taklif to'g'risida? Odatda yaxshi faoliyat yuritayotgan murabbiyga har qanday rasmiy va norasmiy takliflar bo'lib turadi. Ammo menga O'zbekiston tomonidan bosh murabbiylikka rasmiy taklif bo'lgani yo'q.


Muhammad Ansori: - Avvalom bor assalomu alaykum. Ertaga chiroyli va qiziqarli uchrashuv bo'ladi. Ertaga bo'ladigan o'yin oldidan raqibimizni juda yaxshi urgandik, biz guruhimizdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Maqsadimiz guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunlash. Ertaga bo'ladigan uchrashuvda barchaga omad tilayman.

Milliy chempionatimizdagi ketma-ket mag'lubiyatlar bizga hech qanday ruhiy tasir qilgan emas. Biz o'yinga to'liq tayyormiz.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика