So’nggi yangiliklar

10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  0 10:20Неймар яна жароҳат олди  2 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  7 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  11 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  3 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  7 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0

Botir Qoraev: "Ketma-ket beshta mag'lubiyatdan keyin murabbiylar shtabida o'zgarish? Buni rahbariyat hal qiladi" Yangiliklar

Botir Qoraev: "Ketma-ket beshta mag'lubiyatdan keyin murabbiylar shtabida o'zgarish? Buni rahbariyat hal qiladi"

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Mashal" - AGMK uchrashuvidan keyin mezbonlar murabbiyi Botir Qoraev matbuot anjumanida qatnashdi.




"AGMK juda tajribali jamoa, bejizga ikkinchi o'rinda ketmayapti. Bugungi bahs og'ir bo'lishini bilgandik. Birinchi o'tkazib yuborgan golimiz bizga qattiq tasir qildi deb o'ylayman. Himoyachimizning xatosidan keyin gol o'tkazdik. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, ammo foydalana olmadik. Ikkinchi gol o'tkazilgan vaziyatda darvozabonimizga qarshi qo'pol o'ynalgandek tuyuldi. Hozir chetdan turib gapirish noto'g'ri deb o'ylayman, takroriy vaziyatni ko'rib chiqish kerak", - deydi Qoraev. 

- "Mashal" ketma-ket beshinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi...
- Albatta, ketma-ket beshta o'yinda yutqazish qiyin. Jamoamiz malum tanaffusdan keyin Superligaga qaytdi. Tarkibimizda yosh futbolchilar juda ko'p. Har bir bahsda g'alabaga intilayapmiz. "Qizilqum" bilan bahsda ham 4-5ta imkoniyatlar bo'ldi, "Surxon" bilan bahsda ham kamida 7ta vaziyat bo'lgandi, "Nasaf"ga qarshi bahsda tan olish kerak o'yinimiz yaxshi chiqmadi, bugun ham futbolchilarimiz yomon harakat qilishmadi. Ammo bugungi mag'lubiyatni unutib, "Qo'qon-1912" bilan bahsga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Beshta mag'lubiyatdan keyin murabbiylar shtabida o'zgarish bo'ladi deb o'ylaysizmi?
- Buni klub rahbariyati hal qiladi. Biz o'z ustimizda ishlayapmiz. Agar jamoada o'yin yo'q bo'lsa boshqa gap edi. Uyda "Bunyodkor"ga qarshi 90 daqiqa davomida 10 kishi bo'lib tengma-teng o'ynagandik. "Surxon" bilan ham ajoyib harakat qilgandik. Jamoamiz potenciali yuqori. G'alaba va mag'lubiyat doim yonma-yon yuradi.

- Bugungi natijaga hakamlar qanchalik tasir o'tkazdi deb o'ylaysiz?
- O'yin vaqtida ehtiros bilan ularga etiroz bildirishimiz tabiiy hol. Istalgan murabbiyda bunday holat bo'ladi. Ammo hakamlarni muhokama qilishga bizning haqqimiz yo'q.

- Zaxiradan tushgan futbolchilar o'yinni kuchaytira oldimi?
- Mo'min Meliev biroz yaxshi o'ynadi. Bizda eng katta muammolardan biri zaxiradan tushganlar o'yinimizni kuchaytira olishmayapti. O'tgan o'yinlarda ham shunday vaziyat bo'ldi. Bu borada ishlayapmiz. "Qo'qon-1912" bilan o'yinda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Bugungi matbuot anjumanida Dilver Vaniev qatnashmaganiga nima sabab bo'ldi? Mag'lubiyatdan keyin kayfiyati yo'qmi?
- Dilyaver Vaniev betobligi bois matbuot anjumanida qatnasha olmadi. Nasib qilsa keyingi o'yindan keyin Vanievning o'zi matbuot anjumanida ishtirok etadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика