"Borussiya" Sanchoni bir shart bilan ijaraga olishga rozi
19 okt 2023 18:50
Yangiliklar
"Borussiya" Sanchoni bir shart bilan ijaraga olishga rozi
Dortmundning "Borussiya" klubi "Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoni ijaraga olishga tayyor.
Malum bo'lishicha, nemislar futbolchi mankunianlar bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan mojarosidan keyin qiziqishini rasmiy davralarda rad etmoqda. Biroq, manbaning xabariga ko'ra, "arilar" yanvar oyida agar masalaning moliyaviy jihati borasida kelisha olishsa, Sanchoni ijaraga olishga rozilar.
Mavsum oxirigacha mo'ljallangan qisqa muddatli ijara eng optimal variantdek ko'rinmoqda. "Borussiya"ga buning uchun "Yunayted" futbolchi maoshining bir qismini to'lashda davom etishi zarur. Eslatib o'tamiz, Jeydon haftasiga 300 ming funt oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar