"Borussiya" Bellingemning maoshini 2,5 baravarga oshirmoqchi
28 mar 2023 20:12
Yangiliklar
"Borussiya" Bellingemning maoshini 2,5 baravarga oshirmoqchi
Dortmundning "Borussiya" klubi Jud Bellingemni qo'yib yubormoqchi emas.
Malumotlarga ko'ra, nemis jamaosi futbolchini kamida yana bir mavsum jamoada olib qolmoqchi. Buning uchun futbolchining maoshini 2,5 baravarga oshirish - 15 mln. evroga etkazish kerak bo'ladi. "Borussiya" sport direktori Sebastyan Kel Jud va uning otasiga munosib taklif yubormoqchi.
Katta ehtimol bilan Bellingem yozda jamoani tark etadi. Uning keying jamoasi "Real" bo'lishi kutilyapti.
Yarim himoyachining "Qirollik klubi"ga o'tishi Toni Kroos yoki Luka Modrichning jamoada qolish-qolmasligiga bog'liq. Agar ikkala futbolchi ham "Real" bilan shartnomani uzaytirsa, "Borussiya"da Bellingemni saqlab qolish uchun imkoniyatlar ko'payadi.
"Real"dan tashqari Judga "Liverpul" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar