Bonuchchi "Nyukasl"ga o'tadimi?
06 iyu 2023 12:41
Yangiliklar
Bonuchchi "Nyukasl"ga o'tadimi?
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi faoliyatini "Nyukasl"da davom ettirishi mumkin.
Bu haqda "Calciomercato" xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, 36 yoshli italiyalikning agentlari allaqachon ingliz klubi rahbariyati bilan uchrashishgan.
"Yuventus" Bonuchchi bilan xayrlashishga tayyor, chunki uning maoshi yuqori va shartnomasi 2024 yilning iyunida tugaydi. Oldinroq himoyachining o'zi ham faoliyatini 2024 yilda yakunlashini aytgandi.
Bonuchchi 2022/23 yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar