Bonuchchi JCH saralash tizimini tanqid qildi
28 mar 2022 23:51
Yangiliklar
Bonuchchi JCH saralash tizimini tanqid qildi
Italyanlar o'z maydonida SHimoliy Makedoniyaga mag'lub bo'lib, JCHdan quruq qoldi.
"Biz faqatgina bir o'yin o'tkazdik, bu absurd tizim. O'sha o'yin ham biz uchun omadsiz yakunlandi, bu shunchaki aqlsizlik.
JCHga saralash avvalo doiraviy tizimda guruh bosqichida, omadsizlik bo'lsa turnirda ishtirok etish kerak. Bunda esa barcha ko'rganidek istalgan natija bo'lishi mumkin.
4 yoki 5 o'yinda mag'lub bo'lib, JCHga chiqqan termalar ham bor. Biz esa 92-daqiqada gol o'tkazib, mundialdan quruq qolyapmiz. Bu mutlaqo mantiqsizlik.
Albatta, bu orqali biz o'zimizni oqlamoqchi emasmiz. Yaxshiroq o'yin ko'rsatishimiz, o'zimiz istagan joyda bo'lishimiz kerak edi.
Evropa chempionatidan keyin o'zimizni biroz yo'qotib qo'ydik. Bu esa JCHga chiqishimizda katta to'siq bo'ldi", - dedi Bonuchchi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar