So’nggi yangiliklar

13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  0 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  12 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  13 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  2 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  5 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  15 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  3 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  13 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  71

Bolalar futboli. To'raqo'rg'onda "Odil Cup II" futbol festivali start oldi Yangiliklar

Bolalar futboli. To'raqo'rg'onda "Odil Cup II" futbol festivali start oldi

Bugun, 3 iyul kuni Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida ikkinchi bor o'tkazilayotgan "Odil Cup II" futbol festivaliga start berildi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov sharafiga o'tkazilayotgan ushbu festivaldan ko'zlangan asosiy maqsad 2006 va 2008 yillarda tug'ilgan futbolchilarga o'yin amaliyoti shakllantirishga ko'mak berish hamda shu orqali murabbiylarga yosh futbolchilarni sinovdan o'tkazib olish uchun imkoniyat yaratib berishdir.



Malumki, "Championat.asia" sayti bilan hamkorlikda yo'lga qo'yilgan ushbu musobqa birinchi marta o'tgan yil Namangan shahrida tashkil etilgandi. Bu yil esa o'yinlar To'raqo'rg'ondagi "Odil Junior" futbol maktabiga qarashli maydonda o'tkazilmoqda. Bugun 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi har uchala guruhda 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.



"Odil Cup II" futbol festivalida ishtirok etayotgan jamoalar (2006 y. tug'ilganlar):

"A" guruhi

"Odil Junior" (To'raqo'rg'on)
"Kosonsoy" (Kosonsoy)
"Umid" (Namangan)
BO'SM (Marg'ilon)

"V" guruhi
"Neftchi" (Farg'ona)
"Navbahor" (Namangan)
BO'SM (CHortoq)
"Yoshlik" (To'raqo'rg'on)

"S" guruhi
"BFC Asia" (Andijon)
"Barkamol" (Namangan)
"Qo'qon-1912" (Qo'qon)
BUSM-1 (Uchqo'rg'on)

Ertaga 2-tur bahslari o'tkaziladi. SHuningdek, ertadan boshlab 2008 yilda tug'ilgan futbolchilar ham o'z ishtiroklarini boshlashadi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика