So’nggi yangiliklar

01:50Винисиус Жуниор: "Дунёнинг энг катта клуби ва терма жамоасида ўйнаш барчанинг орзуси"  0 01:15"Реал"нинг илтимоси рад қилинди  0 00:52Расман: Осимхен - "Галатасарой"нинг тўлақонли аъзоси!  2 00:35Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" "Черно Море"ни қийинчиликсиз мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  24 00:17Майкл Оуэн: "Ливерпуль" ўтган мавсумда 20 очколик фарқ билан чемпион бўлиши керак эди"  2 23:50"Манчестер Юнайтед" "Лейпциг"га хабар жўнатди  0 23:29"Милан" ўртоқлик ўйинида Австралия чемпионати аутсайдерига 9та гол урди  3 23:12"Манчестер Сити" афсонавий Чики Бегиристайн билан ҳайрлашди, у Абдуқодир Ҳусановнинг трансферида муҳим ўрин тутган  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" "Петрокуб" тўсиғидан осон ўтди, Умарали Раҳмоналиев жавоб ўйинида ҳам майдонга тушмади  1 22:26Пьер-Эмерик Обамеянг собиқ жамоасига қайтди  0 21:35"Реал" футболчиси "Комо"га ўтди  0 21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  3 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  5 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1

Boks. Hakamlar xatosi, kechiktirilgan to'y va tug'ilgan kunga sovg'a Yangiliklar

Boks. Hakamlar xatosi, kechiktirilgan to'y va tug'ilgan kunga sovg'a

Teglar :  Boks
22 aprel Osiyo chempionatida biz uchun biroz omadsiz kechdi.

SHu kuni 8 nafar bokschimiz Osiyo chempionatida ringga ko'tarildi va ularning 4 nafari mag'lubiyatga uchradi. Baxtga qarshi, biz shu kuni to'rtta mag'lubiyatga loyiq emasdik. Ayniqsa -81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dilshodbek Ro'zmatov qozog'istonlik raqibiga deyarli imkon bermagandi. Afsuski, yakunda hakamlar g'alabani raqibga tortiq etishdi. Bu xato edi. Uning Osiyo chempionatida o'tkagan ikkita jangini ko'rib, -81 kg vazn toifasida Bektemir Meliqo'ziev uchun yaxshi o'rinbosar etishib chiqayotganiga guvohi bo'ldik. Fikrimga qo'shilasizmi?


Toshkent boks maktabi tarbiyalanuvchisi Nodirjon Mirzahmedov hamyurtlarimiz ichida birinchi bo'lib yarim final masalasini hal qildi. Aytgancha, shu o'rinda qiziq malumot: 1994 yilda tug'ilgan Nodirjonning 28 aprel kuni to'yi bo'lishi kerak edi. Bangkokdagi Osiyo chempionati sabab visol oqshomi bir haftaga kechiktirildi. Umid qilamizki, engil vaznli bokschimiz to'yga to'yona bilan - oltin medal sohibiga aylangan holda uyga qaytadi.

Miraziz Mirzahalilov esa tailandlik bokschiga qarshi jangda raqibga umuman imkon qoldirmadi. Ushbu jangda mezbon faktori hamyurtimizga halal berishidan havotir olgandik, hayriyat yakunda unday bo'lmadi va hamyurtimiz yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hasanboy Do'smatov esa afsuski yana hindistonlik Amitga yutqazib qo'ydi. Umuman, uni yutqazdi demagan bo'lardik, ammo...


Boks bo'yicha Osiyo chempionatiga atalgan kundalikning to'liq qismi bu erda > > > Boks. Hakamlar xatosi, kechiktirilgan to'y va tug'ilgan kunga sovg'a

Muallif : Aziz Tukhtamuradov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика