So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  169 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Boburjon Akbarov: 2-davra boshlangunga qadar barcha futbolchilar maksimal shay holatda bo'ladi deb umid qilaman Yangiliklar

Boburjon Akbarov: 2-davra boshlangunga qadar barcha futbolchilar maksimal shay holatda bo'ladi deb umid qilaman

Qo'qon-1912 jamoasining tajribali himoyachisi Boburjon Akbarov birinchi davradagi omadsizlik va ikkinchi davra uchun olib borilayotgan tayyorgarliklar haqida qisqa intervyu berdi.

«Barchaga Assalomu alaykum. Jamoamiz Pro liganing birinchi davrasini uchinchi o'rinda yakunladi. Bu o'rin nafaqat qo'qonlik muxlislarga, balki bizga ham yoqmayapti.Bazi o'yinlarda bizga omad etishmadi, bazida esa bizga barqarorlik etishmadi. Menimcha, birinchi davrada yo'qotilgan ochkolar bizga dars bo'ldi va ikkinchi davraga tayyorgarlikni shunga qarab boshladik. 

Tayyorgarlikning birinchi qismida Toshkent viloyatining tog'li hududida asosan jismoniy holatni mukammal holatga keltirish uchun harakat qildik. Yig'in davomida jamoa vakillari ajoyib sharoit yaratib berishdi va biz ham shunga yarasha alo tarzda tayyorgarlik ko'rdik deb o'ylayman. Qo'qonda boshlagan yig'inda esa biz asosan taktika va texnikaga ishlamoqdamiz. 2-davra boshlangunga qadar barcha futbolchilar maksimal shay holatda bo'ladi deb umid qilaman. 

Jamoamizning jonkuyar ashaddiy va sodiq muxlislariga oilaviy baxt va xotirjamlik tilayman. Xudo xohlasa, 2-davrada g'alabalarimiz va yil yakunida Super liga yo'llanmasi bilan ularning kayfiyatini yanada ko'tarishga biz futbolchilar borimizni berishga tayyormiz»,-deb fikrini yakunladi jamoamiz etakchilaridan Boburjon Akbarov.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика