So’nggi yangiliklar

03:18ЖЧ U-17. Турнир тарихидаги энг йирик ҳисоб қайд этилди  0 03:04Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди  36 02:50Лига 1. ПСЖ голларга бой ўйинда 90+5 дақиқада гол уриб, "Лион"ни мағлуб этди  0 02:47А Серия. "Интер" ўз уйида "Лацио"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  3 23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  61 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  2 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  82 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  11 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  28

Bobur Zuhriddinov: "Xudoyorxon Sagdullaevga aytar so'zim bor. Kerak bo'lsa, Messi ham maydonda jamoa uchun harakat qiladi" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Xudoyorxon Sagdullaevga aytar so'zim bor. Kerak bo'lsa, Messi ham maydonda jamoa uchun harakat qiladi"

Pro-liganing 6-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Yunired" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Bobur Zuhriddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- "Yunired" jamoasi bizga qarshi kuchli tayyorgarlik ko'rib kelishini bilardik. SHu bois biz shundan kelib chiqib tayyorgarlik ko'rdik. Jamoa ishtirokidagi o'yinlarni ko'rib chiqdik va tahlil qildik.

Ochig'ini aytaman, biz Xudoyorxon Sagdullaev maydonga tushguniga qadar yaxshi o'ynab turgandik. U maydonga tushdi va hammasi orqaga ketdi. Futbol maydonga faqat o'zini o'ylab emas, jamoa manfaati uchun chiqishi kerak.

- Sagdullaevning maydonga tushirilishi sizning qaroringiz edimi?

- Ha, mening qarorim edi. CHunki, "Yangier" bilan o'yindan keyin u bilan gaplashgandik. O'zgaradi deb o'ylagandim, o'zgarmayapti. 

- Futbolchidagi muammo jismoniy imkoniyat bog'liqmi yoki ruhiy?

- Sagdullaevda ruhan muammo bor. U shuni tushunishi kerak. Messi ham kerak bo'lsa, maydonda jamoa uchun harakat qiladi. 

- "Mashal" tarixan bir qator yutuqlarga ega klub. SHunday bo'lsa ham "Yunired" kabi yosh jamoaga qarshi o'yinda qiynalishiga sabab nima?

- SHu fikringizga qo'shilmayman. Hozir yoki tajribali jamoa deb farqlash noto'g'ri. Futbol o'sib borayapti, hozir hamma qanday o'ynash kerakligini biladi. Superliga ham o'sdi, Pro-liganing darajasi ham avvaligilaridan anchayin ortgan. Hozir o'yinni to'g'ri tahlil qila olgan jamoa g'alaba qozonadi. Masalan, "Andijon SGS” yoki "Navbahor-farm" kabi jamoalar tajribali "Lokomotiv", "Dinamo", "Qo'qon-1912", "SHo'rtan"larga ham etarlicha muammo tug'dirishi mumkin.

- Yozgi transferlar oralig'ida tarkibga yangi futbolchilarni jalb etish rejasi bormi?

- Bu borada hozir biron fikr ayta olmayman. CHunki, avval rahbariyat bilan bu borada maslahatlashish kerak. Yangi futbolchilarni jalb etish masalasi yozgi transferlar vaqtida jadvalda nechanchi o'rinda bo'lishimizga bog'liq.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика