So’nggi yangiliklar

03:50ПСВ Нидерландия чемпиони бўлди  1 01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  33 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  46 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  14 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  85 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  2 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4

Bobur Zuhriddinov: "Andijon-SGS" bizga yaxshi syurprizlar tayyorlab kelgan ekan" Yangiliklar

Bobur Zuhriddinov: "Andijon-SGS" bizga yaxshi syurprizlar tayyorlab kelgan ekan"

Pro-liganing 8-turi doirasida "Andijon-SGS" yirik hisobda mag'lub etilganidan so'ng "Mashal" bosh murabbiyi Bobur Zuhriddinov o'z fikrlarini bildirdi.

- "Mashal" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz. Yigitlar bugun jonini berib maydonda harakat qilgani uchun murabbiylar shtabi nomidan ularga minnatdorlik bildiraman. O'yinga keladigan bo'lsam, bu erda faqatgina natija yirik ko'rinishda. Ammo tan berish kerak, "Andijon-SGS" ham "Mashal"dan qolishgani yo'q. O'yin davomida juda ko'p imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. Hisob yanada yirikroq bo'lishi ham mumkin edi. O'z imkoniyatlarimizdan gol ura olmaganimiz uchun ikkinchi golgacha juda qiynaldik. Bu esa "Andijon-SGS"ning bizga qarshi o'yinga juda yaxshi tayyorlanganidan dalolat. O'yinning ayrim jihatlaridan qoniqdik, bazilaridan esa yo'q. Buni o'yinni yana bir bora ko'rib chiqqandan keyin aytish mumkin. O'yinni hissiyotlar bilan kuzatdik, bunday paytda ayrim narsalar ko'zga noto'g'ri ko'rinishi mumkin. 

- Petrovning bo'yi uzun, biroq "Mashal"da havodan uzatilayotgan to'plar juda kam bo'lmoqda.

- Bu raqib jamoaning o'yinga yaxshi tayyorlangani hisobiga. "Andijon-SGS" bizga yaxshi syurprizlar tayyorlab kelgan ekan. Bugun biz ko'proq to'psiz o'ynashga majbur bo'ldik. Eamoa yosh bo'lishiga qaramasdan, futbolchilar bir-birini juda yaxshi tushunar ekan. Havodan uzatilgan to'plarning 70-80 foizini Petrov yutib bera oldi. Raqib jamoaning o'yinini deb, o'zimiz o'ylagan rejalarni amalga oshira olmadik. 

- Bugun "Mashal" ko'plab imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Agarda vaziyatlaridan gollar ko'proq bo'lganida balki, 10:0 hisobida yutgan bo'lardi. Siz har doim Xudoyorxon Sagdullaev o'yinlarga tayyor deysiz. Ammo uni ikkinchi bo'lim o'rtasida maydonga tushirasiz. Balki uni ikkinchi bo'lim boshida maydonga tushirsangiz, jamoaga ko'proq foyda bergan bo'larmidi?

- Sagdullaev masalasi doim ko'tarilyapti. U bizning rejalarimizda bor. Uni hali tarkibda ko'rasiz. Bilasiz, hozir "Mashal" tarkibida sog'lom raqobat ketyapti. SHu sababli u ham, uning raqobatchilari ham qattiq harakat qilyapti. Bir yo'la uchala hujumchini ham o'ynatsak bo'ladi, biroq bizning taktikamiz ikki hujumchiga mo'ljallangan. Lekin ishoning, murabbiylar shtabi bilan birgalikda uni tarkibga qo'yishni istaymiz. Ammo uning raqobatchilari bunga imkon bermayapti. Sabab shu. 

- Odatda futbol o'yinlarida 70-daqiqadan keyin o'zgarishlar bo'ladi. Bu futbolchilarning kuchi shu daqiqagacha etishidan darakmi yoki shundan keyin murabbiylar o'yinni kuchaytirishni istaydimi?

- Har bir murabbiy o'yinni kuchaytirish uchun o'zgarish qiladi. Bizda ham maqsad - o'yinni kuchaytirish. Ko'z tegmasin, so'nggi 2-3 o'yin davomida zaxiradan tushayotgan futbolchilar natijaga keskin tasir o'tkazmoqda. Mana SHarofiddin SHobirov zaxiradan maydonga tushdi va golli pas berdi, Anvar Jo'raev maydonga tushdi va gol urdi. 

- Zafar Akramovchi...

- Uning holati ancha yaxshilanib qoldi. "Navbahor-Farm"ga qarshi o'yindagi jarohatidan keyin asta-sekinlik bilan maydonga qaytmoqda. U ham endi o'yinlarga tushishi kerak. Lekin uning ham raqobatchisi bor - Islom Baratov. Hozir u ham yomon o'ynamayapti. Zafar Akramov ham yaxshi futbolchi. Bu sog'lom raqobat. Qaysi biri o'yinga tayyor bo'lsa, o'sha o'ynaydi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика