So’nggi yangiliklar

19:05"Барселона" йилнинг илк трансферини келишиб олди  0 18:38Озарбайжон клуби Умарали Раҳмоналиевни сотиб олмоқда  0 18:17"Милан" таркибни немис ҳужумчиси билан кучайтирди  0 17:59Андалусияга қайтиш: Рамос "Севилья" акциядори бўлиши мумкин  0 17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  5 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  9 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  8 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  3 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  3 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  14 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  4

Bobir Abdixoliqov: "Faoliyatimda birinchi marotaba chempion bo'ldim va bundan juda xursandman" Yangiliklar

Bobir Abdixoliqov: "Faoliyatimda birinchi marotaba chempion bo'ldim va bundan juda xursandman"

Bugun Qozog'iston chempionligini nishonlagan "Ordabasi" klubi hujumchisi Bobir Abduxoliqov ushbu mavaffaqiyat haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Avvalambor, chempionlik bilan tabriklaymiz. Bugungi uchrashuvdan avvalgi va uchrashuvdan keyingi hissiyotlaringiz bilan bo'lishsangiz

- Mavsum boshlanishidan avval oldimizga chempionlikni maqsad qilib qo'ygan edik va yaratganga shukur, bugun ushbu maqsadimizga erishdik.

- Qozog'iston chempionatidagi birinchi mavsumingiz qanday o'tdi? Joriy mavsum namoyish etgan o'yiningizdan qoniqdingizmi?

- Birinchi navbatda jamoaviy vazifani bajardik. Joriy mavsum men uchun katta tajriba bo'ldi. O'z faoliyatimda birinchi marotaba chempion bo'ldim va bundan juda xursandman. Mavsum men uchun ajoyib bo'ldi.

- "Ordabasi" jamoasiga o'tishingizdan avval sizga Evropadan takliflar bor edi va o'zingiz ham Evropada faoliyatingizni davom ettirishni istayotganingizni ko'p marotaba aytib o'tgansiz. Qozog'iston chempionati siz kutgan darajadagi ekanmi?

- Ha, menda ko'p takliflar bor edi, ammo "Ordabasi"ni tanlaganimning sababi, jamoa o'z oldiga katta maqsadlar qo'ygan edi. CHempionat ham juda qiziqarli o'tdi. Men "Ordabasi"ga o'tganimdan afsuslanmayman va yakunda qarorim to'g'ri bo'lib chiqdi.

-  Mavsum yakunida klub bilan shartnomangiz tugaydi. Keyingi rejalaringiz qanday? Sizni boshqa jamoada ko'ramizmi yoki "Ordabasi"da qolib, CHempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishni niyat qilganmisiz?

- Mavsum yakunlanishiga ikkita o'yin qoldi. Bizni kubok finali ham kutib turibdi. Mavsumni tugatib olgandan so'ng qaror qabul qilaman. Oldindan biror narsa deyish qiyin.

- "Ordabasi"ning hujum chizig'ini ikki o'zbekistonlik futbolchi "yondirdi".  Fikringizcha, SHahboz va siz jamoangizning chempionligiga qanchalik hissa qo'shdingizlar?

- SHahboz va men mavsum davomida jamoamizga maksimal tarzda yordam berishga harakat qildik va chempionlikga katta hissa qo'shdik deb o'ylayman. CHempion bo'lganim menga yanada ko'proq kuch beradi. Oldinda terma jamoa yig'inlari va Osiyo kubogi bor. Hali qiladigan ishlarimiz ko'p.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика