Blan PSJ - "Real" uchrashuvi haqida: "Pullar futbol o'ynay olmaydi"
19 jan 2018 16:10
Yangiliklar
Blan PSJ - "Real" uchrashuvi haqida: "Pullar futbol o'ynay olmaydi"
Franciya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Loran Blan "Real" - PSJ o'rtasida bo'ladigan CHempionlar ligasi nimchorak final uchrashuvi haqida fikr bildirdi.
"Bugungi kunda "Real" dunyoning eng kuchli klubi. Pullar futbol o'ynay olmaydi. Buni eslab qoling. Pullar juda muhim, ammo takrorlayman, "Real" - dunyoning eng kuchli klublaridan biri. So'nggi ikki yilda kim CHempionlar ligasida g'olib bo'ldi? "Real". Bundan so'ng savollar bo'lmasligi kerak.
Siz futbol o'ynaysizmi va har doim yutasizmi? Yo'q. Futbolda huddi boshqa sportlar kabi doimo birinchi raqam bo'lishning iloji yo'q. "Real" kabi klub ham mag'lub bo'lishi mumkin. Ha, hozir Madrid jamoasi og'ir damlarni boshidan kechirmoqda, biroq ishonchim komil, ular PSJga qarshi to'liq tayyor bo'lishadi" - deydi Blan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar