So’nggi yangiliklar

17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  3 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  28 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4

"Bizda ham, O'zbekistonda ham kimning futboli kuchliligi borasida bahslar boradi". Qozog'istonlik jurnalist - bo'lajak "Paxtakor" va "Qayrat" o'rtasidagi o'yin haqida Yangiliklar

"Bizda ham, O'zbekistonda ham kimning futboli kuchliligi borasida bahslar boradi". Qozog'istonlik jurnalist - bo'lajak "Paxtakor" va "Qayrat" o'rtasidagi o'yin haqida

"Narigi taraf"ning fikrini bilib oldik.

Ertaga, 25 fevral kuni "Paxtakor" va "Qayrat" o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi. Bu O'zbekiston va qozog'istonlik muxlislar uchun o'zgacha voqea, sababi klublar 33 yildan beri bir-birlari bilan o'ynashmagan!

Championat.Asia Qozog'istonda bo'lajak o'yin haqida nimalarni o'ylashayotgani haqida bilib oldi. Saytimizga Qozog'istonning Sports.kz sayti jurnalisti Aleksandr Strelnikov kichik intervyu berdi.


- Qozog'iston uchun O'zbekistondan raqiblar bilan o'yinlar doim juda qiziqarli bo'lgan, - deb boshladi Strelnikov. Hattoki mavsumlar oralig'idagi yig'inlar paytidagi bahslarda ham. Qo'shni va mintaqada gegemonlik uchun kurashayotgan davlatlar o'rtasidagi azaliy raqobat shunday munosabatlar tizimini qurdiki, bazida musobaqada g'alaba qozonishdan ko'ra, eng yaqin qo'shniga qarshi g'alaba muhimroq hisoblanadigan bo'ldi. Bu nafaqat futbolga, balki sportning barcha turnirlariga taaluqli.

Faxriylar SSSRda "Qayrat" va "Paxtakor" o'yinchilarga eng katta bonus pullari Kievning "Dinamo" yoki Moskvaning "Spartak" jamoalari bilan o'yinlardagi muvaffaqiyat uchun emas, balki bir-birlari ustidan qozonilgan g'alaba uchun to'langanini eslashadi.

Albatta, turli konfederaciyalarda uzoq vaqt qolish Qozog'iston va O'zbekistonni futbol nuqtai nazaridan ajratib turdi. Balki, bu qarama-qarshilikni yanada qiziqarli qilgandir. Qolaversa, doim bir-birining sifat darajasini baholash foydali – O'zbekistonda ham doim kimning futboli kuchliligi borasida bahslar bo'lib turadi deb o'ylayman.

Albatta, umuman olganda O'zbekistonning amaldagi chempioni kuchsiz raqib bo'lishi mumkin emas, ammo hozirda "Paxtakor"ning haqiqiy saviyasiga baho berish juda qiyin. Toshkentliklar safidan o'zim tanigan futbolchilardan, masalan, Dragan CHeran bilan bazan gaplashamiz. Maksim SHackix futbolchilik payti Qozog'istonda o'ynagani sabab ham uni bilishimiz tushunarli. Albatta, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev, Hojiakbar Alijonov, Azizbek Turg'unboev va boshqa O'zbekiston terma jamoasi o'yinchilarini eshitganman. Ammo, shu bilan birga, ularning faoliyatini yaqindan kuzatib borganman demagan bo'lardim. SHubhasiz, qozog'istonlik muxlislar bu o'yinda "Qayrat"dan faqat g'alaba kutishadi, ammo shuni tushunish kerakki, olmaotaliklar ayni paytda o'z tarbiyalanuvchilariga ko'proq urg'u bergan holda, tarkibni jiddiy tarzda qayta qurishmoqda. Begona maydonda "Paxtakor"dek raqibni yutish oson bo'lmaydi, ammo futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

Qozog'istonda ushbu qarama-qarshilikka jiddiy qiziqish borligini masalan Toshkentda o'tadigan bahsni Qozog'istonda "Qazsport" telekanali to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatishi ham isbotlab turibdi. Oddiy sparringning bunday etiborga loyiq emasligi aniq. Bu o'yinni aniq kutishmoqda", - dedi Sports.kz sayti jurnalisti Aleksandr Strelnikov.


Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Qayrat" uchrashuvi, ertaga 25 fevral kuni soat 17:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. 


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика