So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  14 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  1 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  31

Birinchi vazifa uddalandi, navbat ikkinchisiga Yangiliklar

Birinchi vazifa uddalandi, navbat ikkinchisiga

O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari Osiyo chempionatiga 3ta maqsad bilan boradi.

Birinchisi - Jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqish;

Ikkinchisi - Finalga chiqish;

Uchinchisi - CHempion bo'lish.

Kattalar futbolidan farqli o'laroq o'smirlar va yoshlar chempionatida JCH yo'llanmasi eng avval hal qilinadi. CHunki chorak finaldan o'tdingiz degani - JCH yo'llanmasi cho'ntakda degani. Buyog'iga natija qanday bo'lishidan qatiy nazar, yarim finalga etib kelgan 4ta jamoa U-17 jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi. 

Tailandda bo'lib o'tayotgan U_17 Osiyo chempionatida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi birlamchi vazifani uddaladi. Avvalgi bosqichda Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag'lub etish bilan birga ham yarim finalga yo'l oldik, ham JCH chiptasiga ega bo'ldik. 

Endi ikkinchi vazifani bajarish turibdi: yarim finalda Janubiy Koreyani mag'lub etib, finalga chiqish. Ikkinchi vazifa bajarilsa uchinchisi haqida o'ylaymiz, ammo bunga hali erta. Avval koreyaliklar to'sig'idan o'tishimiz kerak. 

Janubiy Koreya bu - Saudiya Arabistoni emas, ularning futboli ancha yaxshi. Mazmunli, ham sifatli. Tezlik borasida ulardan qolishmaymiz, texnika borasida ham ortda emasmiz, jismoniy kuch borasida ham kurasha olamiz. Faqat bitta jihatda ulardan ortda bo'lishimiz mumkin: tez fikrlash, tez qaror qabul qilish. 

Futbol - yuksak aql talab etiladigan o'yin. Va odatda aql va fikrlash tomonlama ustun jamoa g'alaba qozonadi. Janubiy Koreya to'sig'idan o'tish uchun ular kabi tez fikrlay olishimiz kerak. Tezkor qaror chiqarish faqat foydamizga xizmat qiladi deb o'ylayman. Ular kabi tez fikrlab ular darajasiga chiqamiz va ularni shu yo'l bilan enga olamiz. 

Taktika, texnika, tezlik, jismoniy kuch - bu tomonlama muammo yo'q, Xudoga shukur. Endi tez fikrlash ham kerak. Maydonda uyqusirab Koreyani yuta olmaymiz. Bir muddat mudrab qolsangiz, ular gol urib yutib ketadi. SHunday ekan, aslo "uxlab qolmang", hamisha tetik bo'ling, 90 kerak bo'lsa 120 daqiqa hushyor turing, Yaratganning o'zi bizni qo'llaydi. 

P.S. Naqib qilsa, ertadan uchinchi maqsad haqida gapirishni boshlaymiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика