So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  6 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  1 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi. 2-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi. 2-tur statistikasi

O'tgan yakshanba va dushanba kunlari birinchi liganing 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatimizga ko'ra, ortda qolgan turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
FAVORITLAR OCHKO YO'QOTDI
2-tur o'yinlari muxlislarga bir qator kutilmagan natijalarni xadya qildi deyish mumkin. Jumladan bu yil “SHarq” mintaqasidagi jamoalar orasida o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygan ikki favorit qimmatli ochkolarni boy berdi. Qo'qonda kechgan “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv-BFK” bahsida mezbonlarning g'alabasiga hech kim shubha qilmagandi. Ammo futbolda tahminlar hamisha o'zini oqlayvermasligini Toshkent jamoasi amalda isbotladi. Aslida shu kuni Tohir Kapadze shogirdlari maydonni g'alaba bilan tark etishlari ham mumkin edi. Ammo uchrashuvning 90+4-daqiqasida Ali Yuldashev penaltini amalga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. SHu tariqa himoyada mustahkam o'ynagan “Lokomotiv-BFK” futbolchilari safardan bir ochko bilan qaytishga muvaffaq bo'ldi.

Yana bir favoritlardan biri sifatida etirof etilayotgan Toshkentning “Oq-tepa” jamoasi esa liga debyutanti “Obod”ga imkoniyatni boy berdi. Aleksandr Mochinov jamoasi shu tariqa ko'pchilikni ajablantirdi.
Turning boshqa o'yinlariga etibor qaratadigan bo'lsak, Jafar Irismetov boshqaruvidagi “NBU-Osiyo” chempionatdagi ilk ochkosini va shu bilan birga g'alabasini qo'lga kiritdi. “Bankirlar” bu safar “Bunyodkor-2” mehmoni bo'ldi va tajribali Leonid Koshelevning yagona goli evaziga safardan uch ochko bilan qaytdi.

Umuman olganda 2-turda jami 6ta o'yin bo'lib o'tdi. Ularning 3tasida mezbon jamoalarning qo'li baland kelgan bo'lsa, 2ta bahsda mehmonlar zafar quchgan. Qolgan 1ta o'yinda tomonlar durangga imzo chekkan.

Etiborlisi o'z maydonidan yutgan klublar bir xil 2:1 natijasida g'alabaga erishgan.

GOLLAR
Ortda qolgan turda muxlislar jami 15ta golga guvoh bo'ldi. Undan 8tasi birinchi bo'limda kiritilgan bo'lsa, qolgan 7ta to'p uchrashuvlarning ikkinchi bo'limida urilgan.
Kiritilgan umumiy gollarning 8tasi mezbonlar hisobiga yozildi. Qolgan 7tasini esa mehmon jamoa futbolchilari kiritishgan.

SHuningdek ushbu turda to'satdan o'z darvozasiga to'p kiritib yuborgan futbolchi ham uchradi. “Oq-tepa” o'yinchisi Nikita Sviridovning avtogoli “Obod”ga g'alaba keltirdi.  Turning eng tezkor goli 2-daqiqaga to'g'ri keldi. “Kosonsoy” hujumchisi Abdurazzoq Jo'raev “Istiqlol” darvozasini ishg'ol etib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Turning eng so'nggi goli esa “Paxtakor-2” azosi Doston Ibrohimov hisobiga yozildi. Ammo uning 90+3-daqiqada kiritgan goli yakunda jamoasi uchun hattoki durang ham keltirmadi.

Uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar 2 -turda hammasi bo'lib 4ta penalti belgilashga qaror qildi. Undan Omil Mo'minov (“Xotira-79”), Alisher SHog'ulomov (“Oq-tepa”) aniq foydalangan bo'lsa, Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”) bilan Ali Yuldashev (“Qo'qon-1912”) esa aksincha ular bu borada jamoasini qiyin axvolga solib qo'ydi. 

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
Ortda qolgan 2-tur o'yinlari qo'polliklarga boy tarzda kechdi. Sababi uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar 37ta futbolchini sariq qartochka bilan jazoladi. Undan 14tasi mezbon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan bo'lsa, qolgan 23tasini mehmonlar manzili tomon berilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, mehmonlar o'yin qoidasini ko'proq buzgan.

Birinchi bo'limda ko'rsatilgan sariq kartochkalar soni 11tani tashkil etdi. Ikkinchi taymda esa yana 26 nafar o'yinchi ogohlantirildi. Demak ikkinchi bo'lim keskin kurashlarga boy tarzda kechgan.

Qizil kartochka olib maydonni barvaqt tark etgan o'yinchilar ham uchradi. Bu borada 5ta qizil qartochka qayd etilgani ham 2-turning haqiqatdan ham qo'polliklarga boy tarzda o'tganini isbotlasa ajab emas.

Ushbu turda eng ko'pol o'yin bu “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv-BFK” bahsi bo'ldi. Sababi mazkur uchrashuvda bosh hakam Akmal Rahimov mezbonlarning 3ta, mehmonlarning esa 5ta o'yinchisini sariq kartochka bilan siyladi. SHuningdek toshkentliklarning ikki o'yinchisiga qizil ko'rsatdi.

Turning eng qo'pol jamoasi ham aynan Leonid Senkevich boshqaruvidagi “Lokomotiv-BFK” jamoasi bo'ldi. 5ta sariq va 2ta qizil kartochka!

Turning eng intizomli jamoalari – “O'zDongJu” va “Obod” bo'ldi. Etiborlisi ushbu jamoalarning futbolchilari o'yinni hech qanday kartochkalarsiz o'tkazdi.

MUXLISLAR
Mazkur turdagi jami oltita o'yinga hammasi bo'lib 12414 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 2069ta muxlis demakdir.

Eng ko'p ishqiboz yana Qo'qonda kuzatildi. “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv-BFK” bahsini 7434 nafar ishqiboz bevosita stadiondan turib kuzatdi.

“Bunyodkor-2” – “NBU-Osiyo” o'yinida ham bu borada aksincha xolat kuzatildi. Toshkentda o'tgan uchrashuvga atiga 57ta tomoshabin kirgani o'yin qaydnomasida ko'rsatib o'tilgan.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Qo'qon-1912  – Lokomotiv-BFK  – 0:0. 7434 tomoshabin.
O'z-Dong-Ju – CHust-Paxtakor – 2:1. 213 tomoshabin.
Bunyodkor-2 – NBU-Osiyo – 0:1. 57 tomoshabin.
Obod – Oqtepa – 2:1. 155 tomoshabin.
Xotira-79 – Paxtakor-2 – 2:1. 3630 tomoshabin.
Kosonsoy – Istiqlol – 2:3. 925 tomoshabin.


OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
3-tur. 11 aprel (juma)

12:00. “NBU-Osiyo” – “Kosonsoy”
16:00. “Oq-tepa” – “Xotira-79”
16:00. “Uz-Dong-Ju” – “Obod”
17:00. “Qo'qon-1912” – “Bunyodkor-2”

12 aprel (shanba)
“CHust–Paxtakor” – “Istiqlol”
“Lokomotiv-BFK” – “Paxtakor-2”

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Xotira-7922005 - 236
2Obod22005 - 326
3Qo'qon-191221102 - 024
4Lokomotiv BFK21102 - 114
5Kosonsoy21016 - 333
6Oq-tepa21013 - 303
7UzDongJu21013 - 303
8NBU-Osiyo21013 - 303
9Istiqlol21014 - 5-13
10Bunyodkor-220021 - 3-20
11CHust-Paxtakor20021 - 4-30
12Paxtakor-220021 - 6-50


Islombek RUSTAMBEKOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика