So’nggi yangiliklar

11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  0 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  0 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  0 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  1 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1 08:50"Ливерпуль" асосан захирада қолиб кетаётган футболчисини 50 миллионга сотишга яқин  1 08:22Here we go. "Арсенал" "Тоттенхем" билан деярли шартнома имзолаган футболчини илиб кетди  4 07:55Суперлига. "Динамо" ва "Навбаҳор" сўнгги сонияларда ғалабани қўлдан чиқарди  2 07:53"Интер Майами" Лига кубогининг ярим финалига йўл олди  2 07:30Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор  9 02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  8 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  5 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  2 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  1

Birinchi liga. O'zini tiklab borayotgan “UzDongJu” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. O'zini tiklab borayotgan “UzDongJu” haqida

Malum muddatlik tanaffusdan so'ng birinchi ligaga oid statistikalarni berishni davom ettiramiz.
“SHarq” mintaqasi qatnashchisi bo'lmish “UzDongJu”ning birinchi bosqichdagi ishtirokiga to'xtalib o'tamiz.

Andijonning “UzDongJu” jamoasi 2009 yili yodingizda bo'lsa oliy ligada ishtirok etgandi. Tarkibi asosan yoshlardan tashkil topgan jamoa elitadagi ilk mavsumidayoq yana ortga ravona bo'lgandi. SHundan so'ng malum muddat jamoa hattoki birinchi ligada ham ishtirok etmadi. Joriy mavsum boshidan esa “bo'yoqchilar”ning birinchi ligada ishtirok etishi aniq bo'ldi.

Jamoa bu safar ham tarkib yig'ishda o'z ananasiga sodiq qolgan xolda, asosan yoshlar ishtirokida tarkib yig'di. Mahalliy yosh murabbiy Nozim Mullaoxunov o'zi yaxshi bilgan shogirdlarini jamoaga jalb etib, birinchi mavsumdayoq yoshlar ishtirokida kurashchan jamoa shakllantirganini alohida etirof etish lozim.

Jamoa safida eng yoshi katta o'yinchi darvozabon Bekzod Turg'unov bo'ldi. 1986 yilda tug'ilgan posbonni barcha o'yinlarda ishtirok etdi deya olmaymiz. Tanaffus vaqtida Turg'unov jamoani tark etdi. Andijon shahridagi “Futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati” qoshida tashkil etilgan “UzDongJu”ning bugungi kundagi maqasadi ushbu dargohdan etishib chiqayotgan iqtidorli yigitlarning katta futbolga qadam qo'yishida ko'prik vazifasini o'tab berishdir.

Xullas,”UzDongJu” birinchi bosqichda o'tkazilgan 22ta o'yinning 11tasida zafa quchgan. Qolgan 11ta bahsda esa raqibiga imkoniyatni boy bergan. Etiborlisi “UzDongJu” durang qayd etmagan yagona jamoaga aylandi.
Jamoa safida to'purarlik mahoratini namoyish etib, o'zini ko'rsatishga erishgan futbolchi SHahboz Jumaboev. Andijonliklarning asosiy figuralaridan biri bo'lgan Jumaboev ko'pincha uchrashuv taqdirini bir o'zi hal etib qo'ygan xolatlar ham kuzatildi.

22 yoshli futbolchi kelasi mavsum oliy liganing biror bir klubida ko'rinish bersa ajab emas.  

Futbolchi

Gol

pen.

SHahboz Jumaboev

11

(4)

Jasur Tojiboev

6

Ozod Komilov

5

Fehruz Salohitdinov

5

(1)

Xondamir Yuldashev

3

Ulug'bek Usmonov

2

Asilbek Sobirov

1

Bunyod Sultonov

1


Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

O'yinlar

22

Gollar

34

Uyda

20 (58,82%)

Safarda

14 (41,18%)

O'tkazib yuborilgan gollar

37

Uyda

11 (29,73%)

Safarda

26 (70,27%)

O'rtacha urilgan gollar

1,55

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

1,68

Uydagi ochkolar

24/33 (72,73 %)

Safardagi to'plangan ochkolar

9/33 (27,27 %)

Eng yirik g'alaba

3:0 – “Xotira-79”

Eng yirik mag'lubiyat

0:4 – “Bunyodkor-2”

Gol o'tkazmagan o'yinlar

3 (13,64%)

Gol ura olmagan o'yinlar

3 (13,64%)

Irodali g'alaba

3

Irodali durang

0

Irodasiz mag'lubiyat

2

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

1

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

0/2

Ogohlantirish (o'rtacha)

36 (1,64)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan-to'g'ri/2SK

2 (0,09) - 2/0

Muxlislar (jami/o'rtacha)

16689/759

 
Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика