Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 2-tur statistikasi
11 apr 2014 12:11
Yangiliklar

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 2-tur statistikasi
Biroz avval birinchi liganing “SHarq” mintaqasiga oid 2-tur statistikasini bergandik. Endi “G'arb” mintaqasida kechgan o'yinlar statistikasini raqamlarda keltirib o'tamiz.
“OROL”NING QIYIN G'ALABASI YOXUD “G'IJDUVON” HAZILLASHMAYAPTI
Bu mintaqadagi o'yinlar ham qiziqarli ruhda o'tmoqda. Xususan 2-turda muxlislar bir qator kutilmagan natijalarga guvoh bo'ldi. O'z maydonida “G'allakor-Avtomobilchi”ni qabul qilgan “Orol” arang g'alabaga erishdi. Nematulla Qutiboev jamoasi uchrashuvning 65-daqiqasidan penaltidan unumli foydalana olmadi. Ammo nukusliklar baribir raqib darvozasini ishg'ol etib, muhim g'alabaga erishdi. Etiborlisi o'yindagi yagona gol 90+7-daqiqada (!!!) kiritildi! Uchrashuv bosh hakami navoiylik N.Boltaevning mehmonlar vakili Akbar Hotamovga 14-daqiqadayoq ko'rsatgan qizili qaysidir manoda mezbonlarga qo'l deyish mumkin.
Liga debyutanti Buxoroning “G'ijduvon” jamoasi esa tarkibida taniqli nomlar bo'lmasa-da, safar o'yinlarini har xolda yaxshi o'tkazmoqda. SHerzod Sattorov shogirdlari bu safar Samarqandda “Registon” mehmoni bo'lib, durang qayd etdi. Aslida bu jamoa Samarqanddan g'alaba bilan qaytishi ham hech gap emasdi. Ammo so'nggi daqiqalar “G'ijduvon” jamoasiga hiyonat qildi. Aniqrog'i uchrashuvning 90+4-daqiqasida Dilshod Jabborov to'p kiritib, “Registon”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Yodingizda bo'lsa, bu jamoa dastlabki turda “SHo'rtan” maydonidan ham bir ochko bilan qaytgandi. Ahamiyatlisi har ikkala uchrashuvda ham hisobni birinchi bo'lib, g'ijduvonlik futbolchilar ochishga muvaffaq bo'ldi. Bundan ko'rinib turibdiki, debyutant jamoa hazillashmayapti.
Turning boshqa o'yinlariga to'xtaladigan bo'lsak, “Xorazm” o'z maydonida kutilmaganda “SHerdor”ga ochko ulashib yubordi. Bu yil o'z oldiga elitaga chiqishni maqsad qilib qo'ygan urganchliklar tayyor g'alabani yakunda qo'ldan boy berdi va qimmatli ikki ochkoni yo'qotdi.
“Zomin”da Spartak Murtazoev ham kurashchan jamoa shakllantirgani ko'rinib turibdi. Bu jamoa chempionatning ilk turida durang qayd etgandi. 2-turda esa “Spartak”ni mag'lubiyatga uchratib qaytdi.
G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi bu turda “Mashal-2”ni qabul qilib javobsiz naqd 4ta to'p kiritdi! Va shu orqali to'plar nisbatini yaxshilab, turnir jadvalida peshqadamlikni o'z qo'liga oldi.
O'tgan turda ochko yo'qotgan “Guliston” bu safar g'alabaga erishdi.
GOLLAR
Ortda qolgan mazkur turda jami 13ta gol qayd etildi. SHundan 7tasini mezbon jamoa futbolchilari kiritgan bo'lsa, qolgan 6 gol mehmon jamoalar hisobiga yozildi.
Uchrashuvlarningg birinchi bo'limida 4ta kiritildi. Ikkinchi taymda esa muxlislar 9ta gol ko'rishdi.
Turning eng tezkor golini SHavkat Nasibullaev kiritdi. “SHo'rtan” himoyachisi “Mashal-2”ga qarshi bahsning 6-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol etib, uchrashuvda hisobni ochdi.
Turning aksincha eng so'nggi goli “Orol” – “G'allakor-Avtomobilchi” bahsida kuzatildi. Nukusliklarning iqtidorli futbolchisi Damir Nizamov 90+7-daqiqada g'alaba to'pini kiritib yakunda jamoasiga uch ochko keltirdi.
Mazkur turda eng ko'p to'p kiritgan jamoa – “SHo'rtan” bo'ldi. G'uzorliklar “Mashal-2”ga qarshi bahsda javobsiz 4ta to'p kiritdi.
SHuningdek 2-turda bitta penalti qayd etilgan. “G'allakor-Avtomobilchi” darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik to'pini “Orol” futbolchisi Islom Seytnazarov aniq amlga oshira bilmagan.
Huddi penalti bitta bo'lgani kabi 2-turda dublga erishgan futbolchi ham bitta bo'ldi. “Guliston”ning 17 yoshli o'yinchisi Jo'rabek Sobirov “Alanga”ka qarshi kechgan bahsda ikkita golga mualliflik qildi.
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
Ushbu turda o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar futbolchilarni 24 marotaba sariq kartochka bilan siyladi. SHundan 10tasi mezbon jamoa o'yinchilariga ko'rsatilgan bo'lsa, mehmonlarning 14ta o'yinchisi ham uchrashuvlarda ogohlantirildi.
Mazkur turning eng tartibli va intizomli jamoasi bu – “Mashal-2” bo'ldi. Dilshod Andaev shogirdlari “SHo'rtan”ga qarshi bahsda bir marotaba ham ogohlantirilmagani etiborga molikdir.
“Orol” – “G'allakor-Avtomobilchi” (1:0) bahsi turning eng qo'pol o'yini sifatida tarix zarvaraqlaridan joy oladigan bo'ldi. Sababi ushbu o'yinda bosh hakam N.Boltaev cho'ntagidan 6ta sariq va 1ta qizil kartochka chiqarishga qaror qildi.
Maydondan chetlatilgan o'yinchilar ham uchradi. Akbar Hotamov (“G'allakor-Avtomobilchi”) va SHerzod Kamolov (“SHerdor”) qo'polliklari uchun hakam tomonidan barvaqt maydondan chetlatildi.
TOMOSHABINLAR
Stadionga muxlislar tashrifi borasida “G'arb” mintaqasi “SHarq”qa nisbatan ijobiy natija qayd etmoqda deyish mumkin. Xususan ortda qolgan 2-turning 6ta o'yiniga jami 15288 nafar tomoshabin qadam ranjida qilgan. Bu har bir bahsga o'rtacha 2548tadan muxlis demakdir.
Bu turda eng tomoshabin Xivada kechgan “Xorazm” – “SHerdor” o'yiniga kirgan, 7255ta!
Vobkentdagi “Spartak” – “Zomin” bahsida esa aksincha xolat kuzatilgan, 455ta muxlis!
Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Xorazm – SHerdor – 1:1. 7255 tomoshabin.
Orol – G'allakor-Avtomobilchi – 1:0. 3120 tomoshabin.
SHo'rtan – Mashal-2 – 4:0. 2380 tomoshabin.
Registon – G'ijduvon – 1:1. 1521 tomoshabin.
Alanga – Guliston – 0:2. 557 tomoshabin.
Spartak – Zomin – 0:2. 455 tomoshabin.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
3-tur. 11 aprel (juma)
“Mashal-2” – “Zomin”
“G'ijduvon” – “Guliston”
“SHerdor” – “Alanga”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Spartak”
12 aprel (shanba)
“Registon” – “Orol”
“SHo'rtan” – “Xorazm”
Islombek RUSTAMBEKOV.

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | O |
1 | SHo'rtan | 2 | 1 | 1 | 0 | 5 - 1 | 4 | 4 |
2 | Xorazm | 2 | 1 | 1 | 0 | 3 - 1 | 2 | 4 |
3 | Registon | 2 | 1 | 1 | 0 | 3 - 1 | 2 | 4 |
4 | Zomin | 2 | 1 | 1 | 0 | 3 - 1 | 2 | 4 |
5 | SHerdor | 2 | 1 | 1 | 0 | 3 - 2 | 1 | 4 |
6 | Guliston | 2 | 1 | 0 | 1 | 3 - 2 | 1 | 3 |
7 | Orol | 2 | 1 | 0 | 1 | 2 - 2 | 0 | 3 |
8 | Spartak | 2 | 1 | 0 | 1 | 2 - 3 | -1 | 3 |
9 | G'ijduvon | 2 | 0 | 2 | 0 | 2 - 2 | 0 | 2 |
10 | Alanga | 2 | 0 | 1 | 1 | 1 - 3 | -2 | 1 |
11 | G'allakor Avtomobilchi | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 - 3 | -3 | 0 |
12 | Mashal-2 | 2 | 0 | 0 | 2 | 0 - 6 | -6 | 0 |
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
3-tur. 11 aprel (juma)
“Mashal-2” – “Zomin”
“G'ijduvon” – “Guliston”
“SHerdor” – “Alanga”
“G'allakor-Avtomobilchi” – “Spartak”
12 aprel (shanba)
“Registon” – “Orol”
“SHo'rtan” – “Xorazm”
Islombek RUSTAMBEKOV.

Fikrlar