Birinchi liga. 24-tur yakunlandi
		
		23 okt 2022 19:15
        Yangiliklar	
	
				
				Birinchi liga. 24-tur yakunlandi
Yuqori uchlik g'alaba qozondi
Turning yuqorida turgan jamoalar muvaffaqiyatli yakunlay oldi. “Navbahor-FARM” o'z maydonida “Qumqo'rg'on-1977”ni qabul qildi. Gollarga boy kechgan bahsda Rashid G'ofurov shogirdlari 4:1 hisobida g'alaba qozonib, peshqadamligini mustahkamladi.
“Aral” esa texnik g'alabaga erishdi. Oltiariqning “Do'stlik” klubi moliyaviy muammolar tufayli Nukusga tashrif buyurmadi. Natijada, Nemattilo Qutiboev jamoasiga uch ochko taqdim etildi.
“Paxtakor-79” esa “Yunired” bilan kechgan bahsda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi, - 2:1. “Andijon II” esa derbida “SHahrixonchi”dan ustun keldi. SHu tariqa, ular 4-o'ringa ko'tarilib oldi.
24-tur natijalari
“Navbahor-FARM” – “Qumqo'rg'on-1977” – 4:1
Gollar: Asilbek Orifjonov, 21 (1:0), Javohir Husanov, 42 (2:0), Asadbek Zokirjonov, 48 (3:0), SHahboz Hasanov, 68 (3:1), Aziz Hakimbekov, 73 (4:1)
“Paxtakor-79” – “Yunired” – 2:1
Gollar: Elyor Usmonov, 42 pen (1:0), Sardor Abdug'afurov, 49 (1:1), Julius Anani, 53 (2:1)
“CHig'atoy” – “Nasaf-FARM” – 1:3
Gollar: Abror Sarimsoqov, 22 (0:1), Mustafo Abdumannopov, 26 (1:1), Javohir SHodmonov, 60 (1:2), Abror Sarimsoqov, 74 (1:3)
“Qizilqum-FARM” – “Lokomotiv-BFK” – 3:0
Gollar: Alisher Sanoev, 20 (1:0), Abduvosidxon Abdurashidov, 35 pen (2:0), Ilhom Kenjaev, 53 (3:0).
“Bunyodkor-FARM” – “Do'stdik-Toshkent” – 0:1
Gol: Sardor Asatillaev, 3 (0:1)
“Andijon II” – “SHahrixonchi” – 2:1
Gollar: Aziz Usmonov, 28 (1:0), Dilmurod Abduqaxxorov, 70 (2:0), Mirjamol Nematov, 75 (2:1)
“Aral” – “Do'stlik-Oltiariq” +:-


O’xshash yangiliklar
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	
            
                    Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
                    Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
                    Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
                    Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar