So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 3:2. Terma jamoamiz tarixidagi eng chiroyli kambek qanday yuz bergan? Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Kuvayt 3:2. Terma jamoamiz tarixidagi eng chiroyli kambek qanday yuz bergan?

O'zbekiston terma jamoasi tarixidagi eng chiroyli kambekni yodga olamiz

Tarixda millionlar o'yinida bu kunda ajoyib bahslarga guvoh bo'lganmiz. Hususan, O'zbekiston milliy terma jamoasining JCH-2006 saralash bosqichidagi eng yorqin va esda qolgan Kuvaytga qarshi kechgan uchrashuvi ko'pchilikning yodidan chiqmagan bo'lsa kerak. 

Germaniya yashil maydonlarida bo'lib o'tishi kutilgan mundial saralashida terma jamoamizni uch nafar murabbiy boshqaradi. Bular Yurgen Gyode, Ravshan Haydarov, Bob Xouton. Guruhimizdan kuchsiz bo'lmagan jamoalar o'rin olgandi. Saudiya Arabistoni, Janubiy Koreya va Kuvayt. 

Birinchi turda Saudiya Arabistoni bilan o'z maydonimizda durang o'ynagandik. So'nggi daqiqalarda Anvar Soliev bizni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. Ikkinchi turda safarda darajasi biznikidan pastda bo'lgan Kuvaytga 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz. Oldinda kutayotgan Janubiy Koreya bilan ikki bahsda koniqrli natija qayd etilmagach germaniyalik mutaxassis Yurgen Gyodega chiqish eshiklari ko'rsatiladi. 

Ravshan Haydarov murabbiy sifatida boshlab tushgan bahsda Saudiyadan yirik 0:3 hisobida mag'lubiyat bilan qaytganimizdan so'ng O'zbekiston futbol federaciyasi rahbarlari murabbiylik postiga angliyalik Bob Houtonni tayinlashadi.

Uning oldiga jamoani qutqarish vazifasi qo'yiladi. Xoutonning termadagi ilk uchrashuvi Kuvayt terma jamoasi bilan hayot-mamot jangiga to'g'ri kelgandi. 

G'alaba boshqa har qanday natija Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini yo'qotishga sabab bo'lardi. Kuchli bosim va hayajon bilan maydonga chiqqan futbolchilarimiz birinchi bo'limda o'z o'yinlarini yo'qotib qo'ishadi va bu tablodagi hisobda ham aks etdi. 16-daqiqada kuvaytliklar etakchisi Badir Al Mutva, 31-daqiqada Bashar Abdulazizning gollariga 41-daqiqada Server Jeparov penaltidan gol urib javob qaytaradi. Shu tariqa jamoalar tanaffusga 1:2 hisobi bilan yo'l olishadi. Ikkinchi bo'limning 62 daqiqasida Maksim Shackix ajoyib gol bilan muvozanatni tiklaydi. 76 daqiqada terma jamoamizning o'sha vaqtdagi “sehrli tayoqcha”si Anvarjon Soliev g'alaba to'pini kiritadi,3:2. Mazkur muvaffaqiyat termamizning mundial sari yurishini davom ettirishga sabab bo'ladi. 

Biroq, pley-offda Bahrayn to'sig'idan o'ta olmagandik. Amaldagi shartnomaga muvofiq Xouton istefoga chiqariladi, ko'plab futbolchilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlashadi. Islohotlar va o'zgarishlar davri boshlanadi. Ammo, barcha muxlislar ushbu bahsni o'zgacha xotirlashadi. Chunki, bunda o'yinchilar haqiqiy iroda ko'rsatishgandi. 

JCH-2006 saralashi. 

O'zbekiston – Kuvayt 3:2 (1:2, 2:0)

17.08.2005. Toshkent. “Paxtakor” markaziy stadioni. 40000 tomoshabin.

Bosh hakam: Subhiddin Solix

Gollar: Badir Al Mutva 16, Bashar Abdelaziz 31, Server Jeparov 41, Maksim Shackix 62, Anvar Soliev 76.

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Asror Aliqulov, Fevzi Davletov(Marat Bikmaev), Aleksey Nikolaev, Nikolay Shirshov, Temur Kapadze, Mirjalol Qosimov, Viktor Karnko(Vladislav Kiryan), Maksim Shackix, Aleksandr Geynrix(Anvar Soliev)

Suratlar uchun Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
09 okt 16:05:50
Azim Ismailov
Музаффар Махмудов foydalanuvchining fikriga javob berish
Нима десангиз денг, барибир терма аъзолари Канаварродан анча мунча нарсани ўрганишади. Класс ошади. Янги билимлар, кўникмилар, мплакалар олишади. Қотиб битта шаблонда қолиб кетишмайди. Исботланган нарса бу. Дисциплинани йўлга қўйса, шуни ўзиям катта гап. Натижаси секин секин кўринаверади
Катанецнинг интизомни терма жамоада мустахкамлайди катанецни вакти етмаган нарсага каннаваро билан эришамиз
   
09 okt 16:42:36
Музаффар тошкент
Ўйинни стадионда жонли кўргандим
   
09 okt 14:58:45
Chustiy
O'sha o'yinda Shatslix birinchi taymda 1-1.5 metrdan bo'sh darvozaga gol urolmagandi
   
09 okt 13:11:00
Турабек Ш
Бадр ал Мутва Кувейт СК билан хам пахтакорни куп хафа килган у каби тандемидаги хужумчи Пахтакор химоясини кулиб утро кетишган
-1   
09 okt 13:04:16
Музаффар Махмудов
Нима десангиз денг, барибир терма аъзолари Канаварродан анча мунча нарсани ўрганишади. Класс ошади. Янги билимлар, кўникмилар, мплакалар олишади. Қотиб битта шаблонда қолиб кетишмайди. Исботланган нарса бу. Дисциплинани йўлга қўйса, шуни ўзиям катта гап. Натижаси секин секин кўринаверади
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика