"Bilmayman, murabbiydan so'rang". De Ligt - nega o'ynamayotgani haqida
17 sen 2023 14:54
Yangiliklar
"Bilmayman, murabbiydan so'rang". De Ligt - nega o'ynamayotgani haqida
"Bavariya" himoyachisi Matteys de Ligt joriy mavsumda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani xususida gapirdi.
"Nega men dastlabki daqiqalardanoq o'ynamayapman? Bilmayman, bu haqda murabbiydan so'rashingiz kerak. Murabbiy nimani xohlasa shuni qilaman, shuning uchun oxirgi ikki o'yinda 1 va 6 daqiqa o'ynadim. Men qila oladigan yagona narsa – bu maydonda o'zimni ko'rsatish. Qolgan hammasi – murabbiyning qarori", – dedi de Ligt.
Niderlandiya terma jamoasining 24 yoshli himoyachisi joriy mavsum Bundesligada 4 ta o'yin o'tkazib, jami 37 daqiqa harakat qildi.
Avvalroq "Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel de Ligtning o'yinidan qoniqmayotgani xabar qilingan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar