Beyl yana bir bor o'yin tugamasidan stadiondan ketib qoldi
07 dek 2019 20:10
Yangiliklar
Beyl yana bir bor o'yin tugamasidan stadiondan ketib qoldi
"Real" vingeri Garet Beyl o'yinning yakunlanishini kutmasdan stadionni tark etdi.
LaLiganing 19-turida "Real" o'z maydonida "Espanol"ni mag'lub etdi va turnir jadvali etakchiligini o'z qo'liga oldi. 30 yoshli xavbek Garet Beyl esa 80-daqiqada Karim Benzemaning golidan keyin stadionni tark etdi.
Bunga qadar ham uelslik futbolchi shu ishni qilgandi. 31 oktyabr kuni "Leganes"ga qarshi o'yinning 82-daqiqasida u stadiondan ketib qolgandi.
Ammo klubning ichki qoidalariga ko'ra, futbolchilar o'yinni 80-daqiqagacha ko'rishga majbur. O'tgan safar Beyl hech qanday jazoga tortilmagandi.
Eslatib o'tamiz, Beyl jarohati bois safdan chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar