Beyl va Xames "Betis"ga qarshi bahs tugashini kutmay, stadionni tark etishdi
03 noy 2019 13:03
Yangiliklar
Beyl va Xames "Betis"ga qarshi bahs tugashini kutmay, stadionni tark etishdi
"Real" futbolchilari Garet Beyl va Xames Rodriges "Betis"ga qarshi LaLiganing 12-tur uchrashuvi yakunlanishini (0:0) kuta olishmadi.
Ikkala futbolchi ham jarohat tufayli maydonga tushishmadi, ammo "Santyago Bernabeu" stadionida uchrashuvni tomosha qilishdi. Malumotlarga ko'ra, Beyl va Xames bahs yakunlanishiga 10 daqiqa qolganda arenani tark etishdi.
Eslatib o'tamiz, Garet 11-turdagi "Leganes"ga qarshi bahsda ham bahs yakunlanishini kutmagan edi.
Beyl va Xames "Real" qoidalarini buzishgani yo'q, chunki klub rahbariyati qaydnomaga kiritilmagan futbolchilarni o'yinni oxirigacha ko'rishga majburlamaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar