Beyl: "Ronaldu va Benzema bilan birga o'ynab futboldan rohat olyapman"
01 noy 2016 10:44
Yangiliklar
Beyl: "Ronaldu va Benzema bilan birga o'ynab futboldan rohat olyapman"
"Real" yarim himoyachisi Garet Beylning so'zlariga ko'ra, u hujumchilar Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema bilan birga o'ynayotganidan mamnun.
"Men Ronaldu va Benzema bilan birga o'ynab futboldan rohatlanaman. Bizda buni birga bajarish uchun ko'proq imkoniyat bo'lishiga umid qilaman. Bizda ko'plab muvaffaqiyatlar bo'ldi va biz to'xtamoqchi emasmiz. Birgalikda ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritamiz degan umiddaman" - deydi Beyl.
Beyl kecha "Qirollik klubi" bilan shartnomani 2022 yilning 30 iyunigacha uzaytirdi.
Fikrlar