Beyl "Real"ga qaytmoqchi, agar Zidan istefoga chiqarilsa u Ispaniyaga qaytishi mumkin
15 dek 2020 13:16
Yangiliklar
Beyl "Real"ga qaytmoqchi, agar Zidan istefoga chiqarilsa u Ispaniyaga qaytishi mumkin
Londonning "Tottenxem" klubida ijara asosida o'ynayotgan uelslik vinger Garet Beyl Madridning "Real" klubiga qaytmoqchi.
Agar "qirollik klubi" bosh murabbiyligini Zinedin Zidan tark etsa, 31 yoshli o'yinchi Madridga qaytishi mukin. Eslatib o'tamiz, yarim himoyachining "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.
Garet Angliya klubiga joriy yilning sentyabr oyi o'rtalarida o'tgan edi. Ijara shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum so'nggida yakunlanadi.
Beyl joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar