Beyl kelasi mavsumda "Real"da qolishga qaror qildi
20 iyu 2021 17:38
Yangiliklar
Beyl kelasi mavsumda "Real"da qolishga qaror qildi
Hujumkor yarim himoyachi Garet Beyl shartnomasi yakunlanguniga qadar Madridning "Real" klubida qolmoqchi.
Uelslik futbolchining "qaymoqranglilar" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
"Tottenxem"dan "Real"ga qaytgan Beyl MLSga yo'l olmoqchi bo'lgandi, ammo uning rejalari birdan o'zgarib ketdi. Garet kelasi yilning yozida okean ortiga yo'l olishga qaror qildi.
Uelslik "Real"ga Karlo Anchelotti kelganidan so'ng o'yin amaliyotiga umid qilmoqda. Beyl italiyalikka o'zining qobiliyatini ko'rsatmoqchi.
Futbolchi o'tgan mavsumni "Tottenxem"da ijarada o'tkazdi. U APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar