Beyl APLga qaytishi mumkin
29 noy 2019 23:16
Yangiliklar
Beyl APLga qaytishi mumkin
Madridning “Real“ klubi futbolchisi Garet Beyl “Tottenxem“ga o'tishi mumkin.
“Tottenxem“ rahbariyati Beylning klubga qaytishi masalasini ko'rib chiqishga tayyor va London klubi prezidenti Daniel Levi ushbu kelishuv ustida shaxsan shug'ullanmoqda.
Malumotlarga qaraganda “Real“ Beylni sotishga qarshi emas. “Tottenxem“ esa qishki transfer bozorida Mourinyuni to'liq qo'llab-quvvatlaydi.
Eslatib o'tamiz, 30 yoshli Beyl 2007 yildan 2013 yilgacha “Tottenxem“ sharafini himoya qilgan.
Fikrlar