So’nggi yangiliklar

22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  2 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  0 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  77 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  37 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  8 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   9 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  96 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0 18:55Суперлига. "Хоразм" ўз уйида "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  11 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  11 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  18

Besh karra Evropa chempioni Ispaniya U-21 terma jamoasi Toshkentga keladi. Bu qanday amalga oshdi? Yangiliklar

Besh karra Evropa chempioni Ispaniya U-21 terma jamoasi Toshkentga keladi. Bu qanday amalga oshdi?

Kecha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniya U-21 terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi haqida xabar chiqdi.

Mazkur uchrashuv 13 oktyabr sanasida Toshkent shahrida o'tkaziladi.

13 oktyabr

O'zbekiston – Ispaniya  


Yaqindagina, 8 iyul kuni yakuniga etgan U-21 Evropa chempionatida Ispaniya terma jamoasi finalga qadar etib bordi va Angliyaga imkoniyatni boy berdi. Ushbu musobaqada 2000 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat terma jamoalar ishtirok etishdi. Navbatdagi U-21 Evropa chempionati ikki yildan so'ng, Slovakiyada bo'lib o'tadi. Yangi tashkil etilgan (2002 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat) Ispaniya U-21 sentyabr oyida mana shu musobaqaga saralash bahslarini boshlaydi. Ispaniya guruhda Belgiya, SHotlandiya, Vengriya, Malta va Qozog'iston bilan kuch sinashadi. Taqvim bo'yicha 17 oktyabr kuni Ispaniya yoshlari Qozog'iston mehmoni bo'ladi.

"Ispaniyani Toshkentga olib kelish qiyin bo'lmadimi? Yo'q, qiyin bo'lmadi. Biz ishimiz davomida Evropa, Amerika, Afrika qitasida o'ynaydigan turli yoshdagi terma jamoalar, ayollar, futzal jamoalarining taqvimini doimiy o'rganib boramiz. Ispaniyaning taqvimini o'rganib chiqdik va oktyabr oyida Qozog'istonga Evropa chempionati saralashi doirasidagi rasmiy o'yinga kelishini bildik. To'g'ridan to'g'ri, agentlarsiz Ispaniya futbol federaciyasiga xat bilan chiqdik va ularni Qozog'istonga borishdan oldin Toshkentga taklif qildik. Ular standart sharoitlar asosida rozi bo'lishdi, yani uchib kelish ulardan, biz tomondan yashash xarajatlari. To'g'ri chetdan barchasi osondek ko'rinishi mumkin, biroq bunday vaziyatda raqiblarning rejalarini oldindan ko'ra bilish ham kerak", - dedi O'FA xalqaro bo'lim rahbari SHerzod Igamberdiev.

Malumot uchun, Ispaniya U-21 toifasida besh marta (1986, 1998, 2011, 2013 va 2019 yillar) Evropa chempioni bo'lgan. Bu borada ispanlar Italiya bilan birga rekordchi hisoblanadi.

2019 yil Braziliyada U-17 Jahon chempionati bo'lib o'tgan. Unda 2002 va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat Ispaniya terma jamoasi ham ishtirok etgan hamda chorak finalga qadar etib borgandi. O'shanda tarkibda Pedri ("Barselona"), Ilaysh Moriba ("RB Leypcig"), Yeremi Pino ("Vilyarreal"), Rafa Marin ("Real Madrid B"), Pablo Moreno ("Maritmu") kabi futbolchilar bo'lgandi. Lekin oktyabr oyida shu futbolchilar keladi degani emas, hozirgi bosh murabbiy qaysi futbolchilarni Qozog'iston bilan bahsga chaqirsa o'shalar Toshkentga keladi.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика