So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  1 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

Bernd SHtange: "O'zbekiston bilan Osiyo kubogining chorak yoki yarim finalida to'qnash kelishimizni istayman" Yangiliklar

Bernd SHtange: "O'zbekiston bilan Osiyo kubogining chorak yoki yarim finalida to'qnash kelishimizni istayman"

Teglar :  Bernd SHtangeSuriya
O'zbekiston - Suriya (1:1) termalari ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar bosh murabbiyi Bernd SHtange ishtirok etdi.

- Bugun safarda, raqib maydonida o'ynagan bo'lsak-da, uchrashuvning 80 foiz vaqtida tashabbus biz tomonda bo'ldi, ayniqsa birinchi bo'limda. G'alabaga umid qilgandim. Ammo vaziyatlarni golga aylantira olmaganimiz tufayli g'alabaga qozonishni uddalamadik. Uchrashuvning dastlabki qismida biz faolroq bo'ldik va to'pni o'zimizda ushlab turdik. O'zbekiston termasi o'yin oxirlab borgan sari anchagina xavflilashib bordi. Ko'plab hujumlar uyushtirdi va gol urishga harakat qildi. Suriya esa koncentraciyani va tashabbusni ushlab tura olmadi. O'rta SHarqda mavsum sentyabrda boshlanishini hisobga olsak, futbolchilarning jismoniy holati va o'yin amaliyoti biroz joyida emas, bahs so'nggigacha tashabbusni ushlay olmadik. Mutaxassis sifatida ayta olamanki, O'zbekiston qitamizning etakchi termasi sifatida etirof etaman. Biz endi o'z uyimizga yaxshi kayfiyat bilan boramiz. O'zbekiston esa bizni yaxshi terma ekanligimizni bilib olishdi.

- O'zbekiston asosan himoyada o'ynagani sizni xayron qoldirmadimi?
- O'zbekiston termasi meni ham xayron qoldirdi. Bu terma o'yinning boshidanoq bo'sh zonalarni ochib qo'ygani uchun shogirdlarim to'pni bemalol o'zlari bilan olib yura olishdi va bu kutilmagan holatga aylandi. O'zbekiston bilan Osiyo kubogining chorak yoki yarim finalida o'zaro to'qnash kelishimizni istayman.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика