Bernarduning "Barselona"ga o'tishida muammo bor
10 iyu 2022 15:15
Yangiliklar
Bernarduning "Barselona"ga o'tishida muammo bor
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silvaning agenti mijozini "Barselona"ga olib o'tish ishlarini davom ettirmoqda.
"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, 4 iyul kuni "Barselona" prezidenti Jorje Mendeshni kechki ovqatga chaqirgan va unda portugaliyalik futbolchining transfer ishi muhokama qilingan.
Ammo muammo shundaki, "ko'k-anorranglilar" Frenki de Yongni sotib yuborganidan so'nggina Silvani tarkibiga qo'shib olishi mumkin. "Man Siti" esa transferdan 100 million evro ishlab olmoqchi. Narxni tushirish uchun esa "Barselona" qaysidir futbolchisini "shaharlik"ka aylantirishga tayyor.
Bernardu yakunlangan mavsumda APLning 35 o'yinida qatnashib, 8 gol a 4 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar