Bernardu Silva: "U "Manchester Siti" tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
25 apr 2025 00:11
Yangiliklar
Bernardu Silva: "U "Manchester Siti" tarixidagi eng yaxshi futbolchi"
"Manchester Siti" futbolchisi Bernardu Silva jamoadoshi Kevin de Bryuynening klubdan ketishi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"U jamoaning bir bo'lagi sifatida ketmoqda. Bu qayg'uli. Biz uchun bu og'ir, Kevinning biz bilan qolishini va jamoada o'ynashda davom etishini juda xohlagan edik.
Boshqa futbolchilarga hurmat saqlagan holda aytaman, men uchun u klub tarixidagi eng yaxshi futbolchi. Biz faqat unga minnatdorchilik bildirishimiz va eng yaxshi tilaklarni bildirishimiz kerak.
Uning ketayotgani biz uchun qayg'uli. Biz uning ketishini istamagandik, lekin nachora, hayot davom etadi", – dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi ITV telekanaliga bergan intervyusida.
Qayd etish kerak, belgiyalik futbolchi "Siti"dagi 10 yillik faoliyatidan so'ng jamoadan ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
16:05
"Bavariya" himoyachi uchun kurashda "Liverpul" va "Manchester Siti"ga jiddiy raqobat ko'rsatmoqda 2
championat.asia
"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади
ШОШИЛИНЧ ХАБАР: Хаби Алонсо "Реал Мадрид"ни тарк этди!
Fikrlar